Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Menejment
— biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan. Menejer — maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki boshqaruvchi. http:eduportal.uz 39 Avtokratik, ya’ni yakka hokimlik uslubi. Bunda rahbar o‘zgalar fikrini so‘rab o‘tirmaydi, balki buyruq berib, uning bajarilishini nazorat qiladi. Bunday uslubda firmaning jamoasi markazlashgan bo‘ladi, xodimlar orasida esa aloqalar deyarli bo‘lmaydi. Byurokratik (qog‘ozbozlik) uslubi. Bu uslub ham yuqoridagi uslubning bir ko‘rinishi bo‘lib, firma faoliyati "tepadan tushirilgan" buyruqlar, yo‘l- yo‘riqlar va rasmiy qog‘ozlar asosida boshqariladi. Bunday korxonada tashabbuskorlikka emas, qog‘oz hujjatlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Demokratik uslub. Bunda jamoaning barcha a’zolari qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etadi. Jamoa har bir a’zosining fikri inobatga olinib, ular umumiy ishga qandaydir hissa qo‘shayotganligidan qoniqadi. Bunday jamoalarda, odatda, odamlar o‘z ishlariga sadoqatli bo‘ladi. Rahbarning asosiy vazifasi jamoa a’zolarini tashabbuskorlikka yo‘nal- tirishdan iborat bo‘lib qoladi. 8.1- chizma Do‘kon egasi Yollangan xodim Bo‘lim boshlig‘i (menejer) Bo‘lim boshlig‘i (menejer) Super- market bosh menejeri Yollangan xodim Yollangan xodim Yollangan xodim Yollangan xodim 8.2- chizma 1. Menejment deganda nimani tushunasiz? 2. Menejerlar qanday kasb egalari? Ularning faoliyati haqida gapirib bering. 3. Sizga maktabda “Navro‘z” bayramini o‘tkazish topshirildi. Siz ishni nimadan boshlab, nima bilan tugatgan bo‘lar edingiz? 4. Boshqarishning asosiy qoidalaridan biri — “Maqsad — harakat yo‘nalishini aniqlaydi” degan qoidani qanday tushunasiz? Boshqaruvda nega maqsadlar shu darajada zarur? 5. Maktab boshqaruvining tuzilmasini chizing va sharhlang. 6. Har bir boshqaruv uslublarining afzallik va kamchilik tomonlarini ayting. 7. Harbiy qismni boshqarish uchun qaysi usulni tanlagan bo‘lar edingiz? Nega? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling