40
Aytaylik, siz uch xil qandolat
mahsulotlari ishlab chiqarib, o‘z
do‘koni orqali sotadigan firmaning rahbarisiz. Qo‘l ostingizda
30 ta xodim ishlaydi. Firmangizning tashkiliy tizimi 8.3-
chizmada
keltirilgan. Undan foydalanib, korxonada
ishlab chiqarish jarayoni
qanday tashkil qilinishi haqida so‘zlab bering.
1. Firma nechta va qanday bo‘limlardan iborat bo‘ladi?
2. Har bir bo‘limda nechta ishchi ishlaydi?
3. Bu bo‘limlardagi ishchilarni kimlar boshqaradi?
4. Bo‘lim boshliqlari kimga bo‘ysunadi?
5. Kim kimga qanday ketma-ketlikda bo‘ysunishini ko‘rsatuvchi,
8.4- chizmaga o‘xshash boshqaruv tizimini chizing va sharhlang.
8.4- chizma
Direktor
Buni yodda tuting!
•
Firma qanchalik yirik va ko‘p tarmoqli bo‘lsa,
uning boshqaruv
tizimi ham shunchalik murakkab bo‘ladi.
•
Boshqaruvning avtokratik, byurokratik va demokratik uslublari
mavjud.
•
Firmani boshqaruvchilar menejerlar deb ataladi.
•
Menejment — boshqaruv haqidagi fandir.
Xom
ashyo
ombori
1-ishlab
chiqarish sexi
Tayyor
mahsulotlar ombori
Avtomobil
parki
Do‘kon
2-ishlab chiqarish sexi
3-ishlab chiqarish sexi
Ofis
Hisobxona
8.3- chizma
Topshiriq
http:eduportal.uz
41
Marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan bo‘lib, “bozorga
bog‘liq faoliyat” degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodiyotda marketing deb
bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini o‘rganishdan tovar va xizmatlarni
ularga yetkazishgacha bo‘lgan faoliyatga aytiladi. Firma
uchun marketing
faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — iste’molchilar ehtiyojlarini
aniqlab, uni to‘laroq qondirish evaziga ko‘proq
foyda olishdan iborat deb
aytish mumkin. Marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar
marketologlar
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: