Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Marketing
9- MAVZU
MARKETING 1. Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan tovarlardan birini tanlang. Uni ishlab chiqarayotgan firma bu tovarni bozorda sotish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi lozim, deb o‘ylaysiz? 2. Bu tadbirlarning qaysi biri tovarni ishlab chiqarishdan oldin, qaysi biri keyin o‘tkazilishi lozim? 3. Bu tovarni qanday reklama qilgan bo‘lar edingiz? FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Marketing – bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat. Marketolog – marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis. Firmaning butun ishlab chiqarish faoliyati marketing tadqiqotlariga tayangan holda tashkil qilinishi kerak. Marketing tadqiqotidan ko‘zlangan maqsad firma oldida turgan nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday narxda sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga yetkazish va sotish lozim degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari, asosan, to‘rt: mahsulotni (bozorni) o‘rganish, narxlash, reklama qilish, bozorda o‘rnashish bosqichlariga bo‘linadi. http:eduportal.uz 42 Mahsulotni o‘rganish bosqichida iste’molchilarning qanday va qaysi tovarlarni sotib olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o‘rganiladi, anketa so‘rovlari, og‘zaki savol-javoblar kabi tadqiqotlar o‘tkaziladi, iste’molchilar ehtiyojini qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarish rejalash- tiriladi va rivojlantiriladi. Narxlash bosqichida tovarning narxi belgilanadi. Tovarning narxi shunday belgilanishi kerakki, ya’ni iste’molchilarning uni sotib olishga qurbi yetsin. Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi firma ham ma’lum miqdorda foyda olsin. Reklama bosqichida firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni axborot vositalari va turli tadbirlar orqali iste’molchilarga yetkazish amalga oshiriladi. To‘g‘ri berilgan reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini keskin oshirishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar haqidagi rang-barang ma’lumotlar radio, televideniye, internet va boshqa aloqa tarmoqlari, gazeta va jurnallar, ko‘chalarda o‘rnatilgan ustun va bino devorlaridagi lavhalar, e’lonlar, plakatlar orqali iste’molchilar e’tiboriga havola etiladi. Tovarning nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar yorlig‘idagi yozuvlar ham o‘ziga xos reklama hisoblanadi. Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling