Iqtisodiy bilim asoslari
- MAVZU ISHLAB CHIQARISH VA EKOLOGIYA
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 46
10- MAVZU
ISHLAB CHIQARISH VA EKOLOGIYA 1. Rasmda tasvirlangan ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining jamiyat va iqtisodiyotga ta’sirining ijobiy va salbiy tomonlarini yozing. 2. Shuncha salbiy oqibatlari bo‘lsa-da, korxonaning faoliyat ko‘rsatayot- ganini qanday izohlaysiz? 3. Bunday oqibatlarning qay tarzda oldi olinishi mumkin? FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 46 ko‘payishi natijasida odamlar tabiat in’omlarini sof holda iste’mol qilish bilan kifoyalanmasdan, tabiiy resurslardan turli xil mahsulotlarni o‘zlari ishlab chiqarishga o‘tdilar. Bu bilan tabiatdagi muvozanatga sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladilar. Shu tariqa ekologik muammolar paydo bo‘la boshladi. Iqtisodiyotning, eng avvalo, ishlab chiqarishning rivojlanishi oqibatida odamzod atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq quyidagi ekologik muammolarga duch kelib qoldi: — havoning zaharlanishi; — daryo va suv havzalarining ifloslanishi; — tuproq tarkibining o‘zgarishi va yerlarning sho‘rlanib borishi; — ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib borishi; — atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi; — inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslama- larining ko‘plab ishlatilishi. Olimlarning fikricha, sanoatda, sovutish qurilmalarida ishlatiladi- gan freon gazi bizni quyosh nuri radiatsiyasidan himoya qiluvchi atmosferaning ozon qatlamini yemirib bormoqda. Agar ahvol shu tariqa davom etaversa, yaqin kelajakda Yer atmosferasi harorati ko‘tarilib, tabiatdagi muvozanat buzilishi, quruqlikning ko‘p qismi suv ostida qolishi taxmin qilinmoqda. Bilasizmi? Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan, asosan, davlat nazorat organlari shug‘ullanadi. Har bir davlatda atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan turli xil chora-tadbirlar ko‘riladi, qonunlar qabul qilinadi. Masalan, zavod va fabrika mo‘rilariga turli xil zaharli moddalarni ushlab qoladigan, havoni tozalaydigan moslamalar o‘rnatish, oqava suvlarni daryolarga oqizishni taqiqlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat, jamoat tashkilotlari ham borki, ular nafaqat bir mamlakat hududida, balki butun dunyoda atrof-muhit muhofazasi muammolari bilan shug‘ullanadi. Masalan, “Green peace” xalqaro jamiyati butun dunyoda ekologik muammolarni yechish, atrof- muhitning ifloslanishini oldini olish uchun kurashadi. O‘zbekistonda ham o‘tgan davrlarda katta ekologik muammolar to‘planib qolgan. Havoning ifloslanishi, tuproqning zaharlanishi va sho‘rlanishi, sanoat chiqindilari, oqava suvlar bilan bog‘liq muammolar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda eng katta ekologik muammolar, albatta, suv bilan bog‘liqdir. Haydarko‘l atrofidagi ekotizimni http:eduportal.uz 47 1980 1995 2009 1960 Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori kamayib, dengiz hozirgi kunda kichkina ko‘lga aylanib qolgan. Qurigan dengiz o‘rnidagi tuzlar shamol bilan havoga ko‘tarilib, atrofdagi hududlarni qoplay boshladi. To‘qayzor va chakalakzorlar o‘rnida cho‘l paydo bo‘lib, bu yerlarda yashaydigan hayvonlar soni keskin kamaydi. Havo va ichimlik suvining ifloslanishi natijasida aholining yashash sharoitlari og‘irlashdi. Orol dengizi suvining keskin kamayishi Orolbo‘yi hududining iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Orol muammosini yechishning muhimligi va global ahamiyatga ega ekanligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72- Bosh Assambleyasidagi nutqida ham ta’kidlandi. Mamlakatimizda ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 21- apreldagi farmoni bilan O‘zbekis- ton Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. Qo‘mitaga ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalar yuklandi. O‘zbekiston ekologik partiyasi tuzildi va 2019- yil 8- yanvarda uning ta’sis s’yezdi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlarga misol qilib chiqindilarni qayta ishlash, quyosh, shamol va biologik energiyalardan foydalanishni kengaytirish, cho‘llarni o‘rmonlashtirish, ko‘llar bo‘ylarini to‘qayzorlarga aylantirish kabi ishlarni keltirish mumkin. Davlatimiz tomonidan Orol muammosini hal qilishga, ayniqsa, katta ahamiyat berilmoqda. 2019- yilning o‘zida “Orolqum” cho‘lida 500 000 gektar maydonda himoya o‘rmonlarini barpo qilish, ko‘plab artezian quduqlarini kovlab, chuchuk suv chiqarish, shu tariqa Orol hududini qayta tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Yana bir ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan loyiha bu – O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilishi boshlangan muvozanatlashtirish, janubiy viloyatlarda suv tanqisligi muammolari bunga misol bo‘la oladi. Lekin mamlakatimizning global ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik muammosi bu – Orol muammosidir. http:eduportal.uz 48 Atom elektr stansiyasining barpo qilinishidir. Chunki atom energiyasi - eng ekologik toza energiya turlaridan bo‘lib, havoga katta miqdordagi zararli gazlar chiqarilishining oldini oladi. Atom elektrostansiyasining ishga tushirilishi bilan yiliga 3,7 mlrd kub metr gaz tejab qolinadi. Atrof-muhit muhofazasi har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish, o‘zimiz yashayotgan joyni ozoda tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling