Iqtisodiy boshqaruv


Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati


Download 187.37 Kb.
bet8/9
Sana13.02.2023
Hajmi187.37 Kb.
#1193973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

3. Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi davlat xarajatlarini samarali rejalashtirgan holda bu xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish hisoblansa, soliq siyosati byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda, ya`ni byudjet daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlarni byudjetga yetarli miqdorda va o`z vaqtida kelib tushishini ta`minlash, byudjet daromadlari ijrosini ta`minlash maqsadida olib boriladi. Soliq siyosatining asosiy maqsadi soliq yukini soliqlar o`rtasida oqilona, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazmagan holda taqsimlashdir.
Soliq siyosatini ishlab chiqishda soliqlarning fiskal funktsiyasi bilan bir qatorda, rag`batlantirish funktsiyasini ahamiyatini oshirish samarali hisoblanadi. Soliqlar orqali rag`batlantirish ishlab chiqarishni rivojlanishiga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga faol yordam beradi, ya`ni soliq yukini yengillashtirish, ishlab chikarishni rag`batlantirishga, moliyaviy holatni yaxshilashga va investitsion faoliyatni jonlantirishga olib keladi. Soliq stavkalarining soliq to`lovchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi albatta ularning soliqdan qochish holatlarini kamaytiradi.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda. Yuqoridagi gapimizni isboti sifatida shuni qayd etish lozimki, yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi 2000 yildagi 31 foizdan 2014 yilga kelib 23 foizga kamaygan va 8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2015 yilda 7,5 foizni tashkil etmoqda. Yuridik shaxslarning mol mulkidan undiriladigan soliq stavkasi haqida esa quyiagilarni aytish mumkin, ya`ni 2000 yilda 4 foizli soliq stavkasi amal qilgan bo`lsa, 2014 yilga qadar bu stavka 3,5 foizni tashkil etgan va 2014 ildan boshlab yana 4 foiz qilib belgilangan. Tabirkorlik sub`ektlarini qo`llab quvvatlash maqsadida ularga nisbatan o`rnatilgan soliq stavkalari pasayiib bormoqda, ya`ni mikrofirma va kichik biznes korxonalari uchun soliq stavkasi 2000 yilda 15 foizni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunga kelib 5 foizni tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i soliq tizimidagi soliqlar ichida soliq stavkasi ortib borayotgan yagona soliq hisoblanadi, ya’ni bu soliq stavkasi 2010 yilga qadar 0,5foiz stavkada undirilgan bo’lsa, keyingi 4 yil davomida mol mulkning hajmini ortib borishiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan holda stavkalar o’rnatilmoqda: shahar joylarda 200 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 2011 yilda 0,75 foiz, 200 kv.m dan 500 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 0,9 foiz va 500 kv.m dan ortgan mol mulk qiymatidan 1,13foiz miqdorida soliq undirilgan bo’lsa, bu holat 2012 yilda 0,9 foiz, 1,1 foiz, 1,35 foizni; 2013 yilda 1,04 foiz, 1,25 foiz, 1,55 foizni , 2014 yilda 1,2 foiz, 1,4 foiz, 1,8 foizni va 2015 yilda 1,3 foiz, 1,6 foiz va 2,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, imtiyoz tariqasida alohida kategoriya shaxslar uchun soliqqa tortilmaydigan maydon belgilangan bo’lib, u 60kv.km ni tashkil etadi. Agarda ma’sul organlar omonidan mol mulkning qiymati aniqlanmagan
bo’lsa, qishloq joylarida belgilangan summa 8833, 0 ming so’m, shahar markazlarida 20328,0 ming so’m qilib belgilangan.5
Ushbu soliq turi bo`yicha ham stavkalarni pasayishini ko`rish mumkin. Shuni alohida qayd etish lozimki, 2000 yilda ham 4 pog`onali soliq savkasi amal qilib, quyi stavkasi 15 foizni (ikkinchi pog`onasi 25, uchinchi pog`onasi 36 foiz) va yuqori stavkasi 40 foizni tashkil etgan.
Shu o`rinda jismoniy shaxslarning daromad solig`i stavkalariga ham to`xtalib o`tish lozim.
Soliqlarning davlat byudjeti daromadlar qismini shakllantirishdagi, shuningdek, mamlakatda yaratilgan YAIM tarkibidagi ulushni aniklash orqali iqtisodiy taraqqiyotga baho berish mumkin. YAIM tarkibida soliqlar ulushining ortishi byudjet daromadlarini ko`paytirishga olib kelsada, kelgusida jadal iqtisodiy rivojlanish uchun to`siq bo`lishi mumkin. Shuning uchun umumiy soliq tushumlarining YAIMga bo`lgan nisbatni kamaytirish tomonga qarab soliq tizimini optimal takomillashtirish yo`llarini izlash zarur.
Natijada ishlab chiqarish hajmi o`sdi va mos ravishda soliqqa tortiladigan baza kengaytirildi, bu esa, soliq ma`muriyatchiligini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar bilan bir qatorda Davlat byudjeti kamomadining past bo`lishi va daromadlarning o`sishini ta`minladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini oshirish, budjet balansini bir me’yorda ushlab turish, xarajatlarni aniq maqsadli yo’naltirish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muxim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bugungi rivojlanish jarayonida, xorijiy ayni yuqorida keltirib o’tilgan ishlarniamalga oshirish ishlari ketayotganini ko’rishimiza mumkin.
Soliq yukining pasaytirilishi natijasida budjetga borib tushmaydigan mablag’larni budjet mablag’lari nuqtai nazaridan kompensatsiya qilish (qayta tiklash, o’rnini to’ldirish,qoplash) masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda iqtisodchilar tomonidan bunday kompensatsiya qilishning bir necha variantlari ko’rsatilmoqda.
Ularning asosiylari quyidagilar:

  1. Soliq yukining pasaytirilishi avtomatik ravishda ishlab chiqarishning jonlanishiga, rivojlanishiga yoki kengayishiga olib keladi, natijada soliq to’lovchilarning soni ortadi, soliqqa tortish ob’ekti (bazasi)ning kengayishi, ko’payishini ta’minlaydi

  2. Soliq yukining pasaytirilishi natijasida budjet yo’qotgan mablag’larni qarz olish yo’li bilan kompensatsiya qilishi mumkin;

  3. Soliq yukining pasaytirilishi natijasida budjet yo’qotmalarini kompensatsiya qilishning o’ziga xos varianti, ma’lum manoda, budjet xarajatlarini budjet yo’qotmalariga mos ravishda qisqartirishdir;

  4. Soliq yukining pasaytirilishi natijasida budjet yo’qotmalarini kompensatsiya qilishning yana bir varianti yuqoridagi variantlarning turli ko’rinishidagi kombinatsiyalaridan iborat bo’lib, unda bir vaqtning o’zida aralash foydalanish mumkin.



Download 187.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling