Iqtisodiy boshqaruv


yil Davlat byudjeti daromadlari (1-jadval)


Download 187.37 Kb.
bet4/9
Sana13.02.2023
Hajmi187.37 Kb.
#1193973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

2020 yil Davlat byudjeti daromadlari (1-jadval)
(mlrd.so’mda)



Ko’rsatkichlar

2020-yil

%

1

Daromadlar

102 627,6

100%

2

To’g’ri soliqlar

18 897,3

18,4

3

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

7 529,9

7,3%

4

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

11 367,4

11,1%

5

Egri soliqlar

53 467,6

52,1%

6

Qo’shilgan qiymat solig’i

40 786,3

39,7%

7

Aksiz solig’i

12 681,3

12,4%

8

Bojxona boji

2 018,8

2,0%

9

Mol mulk solig’i

1 851,1

1,8%

10

Yer solig’i

1 834,3

1,8%

11

Yagona soliq to’lovi

1 192,1

1,2%

12

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq

10 679,7

10,4%

13

Suv resurslaidan foydalanganlik uchun soliq

268,5

0,3%

14

Boshqa soliqlar va soliqsiz tushumlar

1 1835,4

11,5%

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida bilvosita soliqlar ulushi yuqori ko’rsatkichga ega. Qo’shilgan qiymat solig’i 2020 yilda 40 786,3 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, bu jami byudjet daromadining 39,7% ini tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz byudjetida ushbu soliqning o’rni kattaligi hozirgi kundagi bu soliqqa nisbatan qilinayotgan qaror islohatlar sababdir. Davlat byudjetida salmoqli o’ringa ega bo’lgan aksiz solig’i o’sish tendensiyasiga ega. Byudjet daromadlarida ushbu soliq 12,4% ni egallab, byudjetga 12 681,3 mlrd.so’m daromad sifatida kelib tushgan. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan aksizosti tovarlarning miqdori yildan-yilga kamaytirilib borishi xo’jalik yurituvchi sub`etlar faoliyatiga ijobiy ta`sir ko’rsatmoqda. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’ining miqdorlari ham yildan-yilga oshib bormoqda. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida ushbu soliqlar miqdorlari, stavkalari ham ko’rib chiqildi. 2020 yilda resurs to’lovlaridan jami 12 782,5 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ byudjetga jalb qilingan bo’lsa, shundan 1,8% i yer solig’i ya’ni 1 843,3 mlrd.so’m , yer qaridan foydalanganlik uchun 10 679,7 mlrd.so’m, bu jami byudjet daromadining 10,4%i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun 268,5 mlrd.so’m byudjet daromadining 0.3%ini tashkil qilmoqda. Boshqa soliqlar yoki soliqsiz tushumlar esa byudjet daromadida 11,5% ni egallab, 1 1835,4 mlrd.so’m daromad sifatida kelib tushgan.


Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin:
♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;
♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi;
♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta`sir ko`rsatdi. Bular o`z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida o`z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta`minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo`nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo`g`inlari bilan birga sud hokimiyatining bo`g`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan 8 soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to`lovlarning o`z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o`rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo`llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to`lovchilar qatnashishi mumkin, ya`ni bunda soliq to`lovchilarning o`zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.
Hozirgi kunda Soliq kodeksiga muvofiq, bu yilgi islohatlar natijasida 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliq va yig’imlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, oqibat natijasida ular huquqiy va jismoniy shaxslarning pul daromadlaridan undiriladi.
Barcha soliqlarni soliqqa tortish ob’ektiga, iqtisodiy mohiyatiga, budjet tizimi bo’g’inlari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra hamda soliqlarni
to’lovchilariga ko’ra quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar,

  2. Daromaddan olinadigan soliqlar,

  3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar,

  4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona va er osti boyliklari qiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridagidek, mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga infrastrukturani rivojlantirish solig’ini ham kiritish mumkin.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy jihatdan to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To’g’ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu erda bo’lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to’lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To’g’ri soliqlar bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo’l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beradi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to’lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlarni) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko’rsatuvchilar) bo’lib, soliqning haqiqiy og’irligi keyingi (so’nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu erda haqiqiy soliq to’lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narhi ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p bo’lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham budjetga to’lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni - muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarni tahlil qilib berish mumkin. Masalan. AQSH da to’g’ri soliqlar salmog’ining budjet daromadida 90 foizga yaqin bo’lishi bu erda rivojlangan bozor
iqtisodiyoti amal qilayotganidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. YUqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisining stavkasini oshirishni talab etadi.
Budjet tizimi bo’g’inlari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. SHuning uchun uning budjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo’lishi shart. Qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy budjetlar daromadlilik darajasini tartibga solib turish maqsadida ajratmalar ajratilishi mumkin. Bordi-yu, ajratmalar evaziga ham mahalliy budjetlarning xarajatlari qoplanmasa, u holda subventsiya yoki dotatsiya beriladi. Agar kelgusi yilda mahalliy budjetlarning o’z manbalari barqarorlashib, soliqlari hajmi ko’payib qolsa, respublika soliqlaridan ajratmalar berishning zaruriyati bo’lmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, budjetga to’lanishi lozim bo’lgan majburiy to’lovlardir.
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar
asosan mehnatkashlarga yaqin bo’lganligidan ular ijtimoiy masalalarni - maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin odatda bu soliqlar va yig’imlar ular budjetlari xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos. Mahaliy budjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Faqat o’z daromad manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy hukumatgina o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishi mumkin. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning budjetiga tushadi. Ular hisobidan boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy - moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog’liq holda olib boriladi, chunki soliq munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir.
Soliq siyosati har bir mamlakatning ichki siyosati hisoblanib, unga hech qaysi davlatning aralashuvi ruxsat etilmaydi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati avvalambor soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini yanada oshirish, soliq ma’murchiligini yanada soddalashtirishga qaratilgan bo’lib, pirovardida tadbirkorlik sub’ektlarining real daromadlarini oshirish, ularning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va rag’batlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.
Byudjet daromadlarining oshishi eng avvalo byudjet tizimida qilinayorgan qator o’zgarishlar bilan bevosita bog’liqdir. 2021 yilda ham mamlakatimiz byudjet tizimida qator o’zgarishlar kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini taqdim qildi.
Nashrda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining 2021 yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlari, shuningdek, 2021-2022 yillar uchun budjet mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim qilindii. Nashrning birinchi sahifalarida byudjet jarayoniga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida asosiy ma'lumotlar keltirilgan. Muhim jihati shundaki, Oliy Majlis Davlat byudjetini Qonun shaklida qabul qildi. O‘rta muddatli byudjet-soliq siyosatini-ning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi yangi byudjet taqvimi joriy qilindi. Bu vazirlik va idoralarga dasturlar va investision loyihalarni o‘rta muddatli re-jalashtirish imkonini berib, investor va soliq to‘lovchilarga o‘zlarining biznes-rejalarini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi..Nashrning asosiy qismi – 2021 yil uchun Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlariga bag‘ishlangan. Daromadlar soliq turlari ko‘rinishida taqdim etildi. Shu bilan birga ushbu qismda byudjet mablag‘lari qaysi sohalarga yo‘naltirilishini bilib olish imkoniyatini yaratdi. Xarajatlar yo‘nalishlar bo‘yicha (ta'-lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar) shuningdek, moddalar (ish haqi, oziq-ovqat, kommunal xarajatlar va boshqalar) va ma'-muriy birliklar (vazirliklar va idoralar) bo‘yicha taqdim qilindi.
Ushbu loyihaga ko’ra 2021 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460,0 mlrd. so‘m (yoki YaIMning 20 foizi) miqdorida rejalashtirilgan, bu esa 2020 yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd. so‘mga ko‘proqdir.2021 yil uchun Davlat byudjetining kutilayotgan tushumlarini baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma'murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imti-yozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.





Download 187.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling