Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy-diskursdagi-asosiy-atamalarning-kognitiv-tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784
- O‘zbek tiliga tarjimasi
O‘zbek tiliga tarjimasi: Quyidagi fundamental savollarga javob berish vaqti keldi: Tashqi defisit va qarzni nima keltirib chiqaradi? Ular yaxshimi yoki yomonmi? Qanday sharoitlarda ular tavakkal bo‘lishi mumkin? Va qachon ular barqaror emas? (EBSCO host) Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 843 w www.oriens.uz May 2021 Bunday murakkab va moslashuvchan konseptual tuzilma(struktura) metaforizatsiya uchun ma’lum imkoniyatlarni beradi. Bir tomondan, biz ko‘rib chiqqan guruhning mavhum konsepsiyalar-otlar fe’ldan qolgan (yoki surplus terminida bo‘lgani kabi o‘xshashlik bilan paydo bo‘lgan) xususiyatlarni namoyish etadi. Rivojlanish - ularning ma’nosining ajralmas potensial tarkibiy qismidir. Boshqa tomondan, ot turkumiga o‘tishda olingan predmet xususiyatlari, bu termin ortidagi konseptual tuzilishga konteyner xususiyatlarini beradi (bo‘shliqdagi o‘lchamlari va chegaralari bilan). Dinamika va hajmning kombinatsiyasi ko‘pincha matnda jo‘shqin suv metaforasi paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, yozadilar: There may be some good froth on bad deficit. O‘zbek tiliga tarjimasi: Yomon defisitda yaxshi ko‘pik bo‘lishi mumkin. Boshqa tadqiqotchining matnida o‘qiymiz: Japanese current account surpluses did not spill over into growing central bank reserves in the early 1980s. O‘zbek tiliga tarjimasi: 1980-yillarning boshlarida saldo (mo‘llik(ortiqcha?) Yaponiya Markaziy bankining o‘sib borayotgan zaxiralaridan toshib ketmadi. Metaforizatsiyaning yana bir usuli ushbu konsepsiyalarni hissiy- baholash (yaxshi - yomon) jixatida idrok etish natijasida ochiladi. "Moddiy" bo‘lib qolib, ular jonli mavjudotning xususiyatlarini egallashi mumkin, shu bilan birga jarayon yoki hajmning asl xususiyatlarini yo‘qotmaydi.Xorij valyutasi chayqovchiligi operatsiyalarining jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishi mumkin bo‘lgan soliq tahliliga bag‘ishlangan tadqiqot ishida muallif shunday yozadi: Tobin solig‘i - bu chayqovchilikni qo‘lga olish va daromad manbasini olish uchun tez-tez muhokama qilinadigan usul. Tobin solig‘i barcha valyuta operatsiyalariga solinadigan, shu tariqa barqarorlikni izidan chiqaruvchi chayqovchilikni kamaytiradigan kichik xalqaro soliq bo‘lishi kerak. Shunday qilib, o‘rganilayotgan hodisa ham jonli narsa sifatida (bo‘ysindirilishi lozim bo‘lgan yovvoyi hayvon), ham o‘chovlarga ega bo‘lgan jarayon yoki predmet sifatida qaraladi. Ingliz ilmiy tilidagi nasrda bunday metafora qo‘llanilishining muhim xususiyati - ularning muntazamligi va tez-tez qaytarilishi (Chastotasi?) va biz ko‘rsatmoqchi bo‘lganimizdek, belgilanadigan nazariy konstruksiyaning konseptual tuzilishi bilan chambarchas bog‘liqligidir. Bunday tadqiqotlarni o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida 1990-yillarda yozilgan edi. Yetakchi zamonaviy terminolog V.A. Tatarinovning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling