Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy-diskursdagi-asosiy-atamalarning-kognitiv-tahlili
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 844 w www.oriens.uz May 2021 so‘zlarini keltiramiz: "Konsepsiyalarning semantikasi bo‘yicha ishlar ko‘pincha terminologik ma’noni ma’lum darajadagi mutlaqlashtirishga olib keluvchi real matnlardagi konsepsiyalarni emas, balki tartiblangan terminologiyalarning ma’no tizimini ko‘rib chiqishga qaratiladi. "Til va nutqdagi konsepsiyalar", shuningdek "termin va matn" tushunchasini toifasini o‘rganish hali talab darajasidagi an’anaga aylanmagan»[Tatarinov 1996: 164]. XULOSA 1. Iqtisodiy konsepsiyalarning diskursiv tabiatiga xos jihatlari nutq aktlarida yuzaga keladi. Nutqiy aktlarning asosiy vazifasi bu faktlarni qayd etish hisoblanadi, ya’ni gaplar faktlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga asoslanadi. 2. Diskursiv tabiatiga xos jihatlardan biri, aynan, bilvosita nutq aktida yuzaga keladi. So‘zlovchi va tinglovchi (ikki yoki undan ortiq kishi) o‘rtasida vujudga keluvchi bilvosita nutq akti muloqot muhitiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqib muloqot muhitini ikkiga bo‘lish mumkin. Masalan, 1) rasmiy muloqot muhiti – bu jarayonda namoyon etiladigan nutq akti jiddiy tusda bo‘ladi (ofis, konferensiya, ilmiy kengashlar bo‘lib o‘tadi), asosan, bevosita nutq aktidan foydalaniladi; 2) norasmiy muloqot muhiti – ushbu jarayonda namoyon etiladigan nutq akti mutloqat aksi bo‘lib (do‘stona suhbat, ko‘ngil ochar bazmlarda kechadi), asosan, bilvosita nutq akti qo‘llaniladi va hazil Inson tafakkurining mahsuli hisoblanmish so‘zlarning ma’no ko‘chish usullari, ya’ni metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi usullar hamda mazkur usullari tadqiq etilishi tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida yangi-yangi yo‘nalish va uslublarning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Yaratilgan barcha janrlar asosida nutqiy aktlar mavjud. 3. Tilshunoslikda diskursiv bilvosita nutqiy aktlar orqali ma’no ko‘chishi va uslubiy holatlaridan kognitiv metafora natijasida ma’no ko‘chishi mutlaqo farq qiladi. 4. Zamonaviy ingliz tilidagi iqtisodiy diskurs tabiatini o‘rganishda ayrim so‘zlar va iboralar salbiy ma’noga ega ekanligi kuzatiladi. Salbiy ma’nodagi so‘zlardan biri sifatida moliyaviy inqiroz – financial crisis terminini kelitiramiz va bu tushuncha nutq aktlarida faol qo‘llaniladi. Bu kabi tushuncha orqali biznes doirasidagi adresat ongida moliyaviy inqiroz ko‘plab muammolar mavjud bo‘lgan juda qiyin va xavfli vaziyat sifatida qabul qilinadi (threat - tahdid; trouble - tashvish; danger - xavf-xatar; disaster - falokat; tragedy - fojea; stress - tushkunlik; nightmare - dahshatli tush; worst-case scenario - eng yomon ssenariy; catastrophe - falokat; calamity - musibat; collapse - qulash; chaos- betartiblik) Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling