Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana19.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1103075
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
iqtisodiy-diskursdagi-asosiy-atamalarning-kognitiv-tahlili

 
O‘zbek tiliga tarjimasi: Quyidagi fundamental savollarga javob berish vaqti 
keldi: Tashqi defisit va qarzni nima keltirib chiqaradi? Ular yaxshimi yoki yomonmi? 
Qanday sharoitlarda ular tavakkal bo‘lishi mumkin? Va qachon ular barqaror emas? 
(EBSCO host) 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
843 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Bunday murakkab va moslashuvchan konseptual tuzilma(struktura) metaforizatsiya 
uchun ma’lum imkoniyatlarni beradi. Bir tomondan, biz ko‘rib chiqqan guruhning 
mavhum konsepsiyalar-otlar fe’ldan qolgan (yoki surplus terminida bo‘lgani kabi 
o‘xshashlik bilan paydo bo‘lgan) xususiyatlarni namoyish etadi. Rivojlanish - 
ularning ma’nosining ajralmas potensial tarkibiy qismidir. Boshqa tomondan, ot 
turkumiga o‘tishda olingan predmet xususiyatlari, bu termin ortidagi konseptual 
tuzilishga konteyner xususiyatlarini beradi (bo‘shliqdagi o‘lchamlari va chegaralari 
bilan). Dinamika va hajmning kombinatsiyasi ko‘pincha matnda jo‘shqin suv 
metaforasi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Masalan, yozadilar: 
There may be some good froth on bad deficit. 
O‘zbek tiliga tarjimasi: Yomon defisitda yaxshi ko‘pik bo‘lishi mumkin. 
Boshqa tadqiqotchining matnida o‘qiymiz: 
Japanese current account surpluses did not spill over into growing central bank 
reserves in the early 1980s. 
O‘zbek tiliga tarjimasi: 1980-yillarning boshlarida saldo (mo‘llik(ortiqcha?) 
Yaponiya Markaziy bankining o‘sib borayotgan zaxiralaridan toshib ketmadi. 
Metaforizatsiyaning yana bir usuli ushbu konsepsiyalarni hissiy- baholash 
(yaxshi - yomon) jixatida idrok etish natijasida ochiladi. "Moddiy" bo‘lib qolib, ular 
jonli mavjudotning xususiyatlarini egallashi mumkin, shu bilan birga jarayon yoki 
hajmning 
asl 
xususiyatlarini 
yo‘qotmaydi.Xorij valyutasi chayqovchiligi 
operatsiyalarining jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishi mumkin bo‘lgan 
soliq tahliliga bag‘ishlangan tadqiqot ishida muallif shunday yozadi: 
Tobin solig‘i - bu chayqovchilikni qo‘lga olish va daromad manbasini olish uchun 
tez-tez muhokama qilinadigan usul. Tobin solig‘i barcha valyuta operatsiyalariga 
solinadigan, 
shu 
tariqa 
barqarorlikni 
izidan 
chiqaruvchi 
chayqovchilikni 
kamaytiradigan kichik xalqaro soliq bo‘lishi kerak. 
Shunday qilib, o‘rganilayotgan hodisa ham jonli narsa sifatida (bo‘ysindirilishi lozim 
bo‘lgan yovvoyi hayvon), ham o‘chovlarga ega bo‘lgan jarayon yoki predmet sifatida 
qaraladi. 
Ingliz ilmiy tilidagi nasrda bunday metafora qo‘llanilishining muhim xususiyati 
- ularning muntazamligi va tez-tez qaytarilishi (Chastotasi?) va biz ko‘rsatmoqchi 
bo‘lganimizdek, belgilanadigan nazariy konstruksiyaning konseptual tuzilishi bilan 
chambarchas bog‘liqligidir. Bunday tadqiqotlarni o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida 
1990-yillarda yozilgan edi. Yetakchi zamonaviy terminolog V.A. Tatarinovning 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling