Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana19.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1103075
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
iqtisodiy-diskursdagi-asosiy-atamalarning-kognitiv-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
844 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
so‘zlarini keltiramiz: "Konsepsiyalarning semantikasi bo‘yicha ishlar ko‘pincha 
terminologik ma’noni ma’lum darajadagi mutlaqlashtirishga olib keluvchi real 
matnlardagi konsepsiyalarni emas, balki tartiblangan terminologiyalarning ma’no 
tizimini ko‘rib chiqishga qaratiladi. "Til va nutqdagi konsepsiyalar", shuningdek 
"termin va matn" tushunchasini toifasini o‘rganish hali talab darajasidagi an’anaga 
aylanmagan»[Tatarinov 1996: 164]. 
XULOSA 
1. 
Iqtisodiy konsepsiyalarning diskursiv tabiatiga xos jihatlari nutq aktlarida 
yuzaga keladi. Nutqiy aktlarning asosiy vazifasi bu faktlarni qayd etish hisoblanadi, 
ya’ni gaplar faktlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga asoslanadi. 
2. 
Diskursiv tabiatiga xos jihatlardan biri, aynan, bilvosita nutq aktida yuzaga 
keladi. So‘zlovchi va tinglovchi (ikki yoki undan ortiq kishi) o‘rtasida vujudga 
keluvchi bilvosita nutq akti muloqot muhitiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqib 
muloqot muhitini ikkiga bo‘lish mumkin. Masalan, 1) rasmiy muloqot muhiti – bu 
jarayonda namoyon etiladigan nutq akti jiddiy tusda bo‘ladi (ofis, konferensiya, ilmiy 
kengashlar bo‘lib o‘tadi), asosan, bevosita nutq aktidan foydalaniladi; 2) norasmiy 
muloqot muhiti – ushbu jarayonda namoyon etiladigan nutq akti mutloqat aksi bo‘lib 
(do‘stona suhbat, ko‘ngil ochar bazmlarda kechadi), asosan, bilvosita nutq akti 
qo‘llaniladi va hazil Inson tafakkurining mahsuli hisoblanmish so‘zlarning ma’no 
ko‘chish usullari, ya’ni metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi usullar 
hamda mazkur usullari tadqiq etilishi tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida 
yangi-yangi yo‘nalish va uslublarning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Yaratilgan barcha 
janrlar asosida nutqiy aktlar mavjud. 
3. 
Tilshunoslikda diskursiv bilvosita nutqiy aktlar orqali ma’no ko‘chishi va 
uslubiy holatlaridan kognitiv metafora natijasida ma’no ko‘chishi mutlaqo farq qiladi. 
4. 
Zamonaviy ingliz tilidagi iqtisodiy diskurs tabiatini o‘rganishda ayrim so‘zlar va 
iboralar salbiy ma’noga ega ekanligi kuzatiladi. Salbiy ma’nodagi so‘zlardan biri 
sifatida moliyaviy inqiroz – financial crisis terminini kelitiramiz va bu tushuncha nutq 
aktlarida faol qo‘llaniladi. Bu kabi tushuncha orqali biznes doirasidagi adresat ongida 
moliyaviy inqiroz ko‘plab muammolar mavjud bo‘lgan juda qiyin va xavfli vaziyat 
sifatida qabul qilinadi (threat - tahdid; trouble - tashvish; danger - xavf-xatar; 
disaster - falokat; tragedy - fojea; stress - tushkunlik; nightmare - dahshatli tush
worst-case scenario - eng yomon ssenariy; catastrophe - falokat; calamity 
- musibat; collapse - qulash; chaos- betartiblik

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling