Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvali
Download 95.46 Kb.
|
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot turlari
- Resurslar va nematlarni taqsimlashning bozor mexanizmi.
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvali
Manba: shartli raqamlar Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma lumotlardan korinib turibdiki, birinchi variantda firma barcha resurslarini televizor, beshinchi variantda esa muzlatkich ishlab chiqarishga yonaltirishi mumkin. Bunda ikkinchi xil mahsulot ishlab chiqarish hajmi nolga teng boladi. Birinchi variantda beshinchi variantga borgan sari televizor ishlab chiqarish hajmi qisqarib, muzlatkich ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Firma cheklangan resurslaridan kelib chiqqan holda televizor yoki muzlatkich ishlab chiqarishning besh xil varianti ichidan bittasini tanlashga majbur. Masalan, ikkinchi variantda 75 000 telivizor va 18 000 muzlatkich ishlab chiqarish imkoni bo'lsa, to'rtinchi variantda 25 000 televizor va 34 000 muzlatkich ishlab chiqarish mumkin. Mazkur ma'lumotlarni grafik ko'rinishida tasvirlasak firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i hosil bo'ladi (2.4-rasm). Muzlatgich rasm. Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i ustidagi har bir nuqta (А, B, C, D va E) firmaning mavjud resurslari doirasida maksimal ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini ko'rsatadi. Agar ishlab chiqarish hajmi F nuqta ustida bo'lsa, demak firma mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to'liq foydalanmayapti yoki resurslardan samarasiz foydalanyapti. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idan tashqari yotgan K nuqta firmaning hozirgi resurs salohiyati darajasidan tashqarida yotganligi bois unga erishish imkoni yo'q. Ammo kelgusida firmaning resurs salohiyati oshganda unga erishish mumkin bo'ladi. Biz yuqorida firmaning resurslari hajmi va texnologiyalar darajasi o'zgarmas bo'lgan holatda ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ini qaradik. Resurslar taklifining oshishi, texnik taraqqiyot ta'sirida texnologiyalarning takomillashuvi firma va jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Uzoq muddatli oraliqda firma resurs salohiyatining oshishi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ida o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Firma resurs salohiyatining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshishiga olib kelish tufayli ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi parallel ongga (2.4-a-rasm) yoki bir tomonlama sirilishi mumkin (2.4-b-rasm). b) rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idagi o'zgarishlar Agar firma toliq bandlik va toliq ishlab chiqarish darajasida faoliyat korsatsa, u ishlab chiqarish variantlaridan qaysi birini tanlashi maqsadga muvofiq? Bu savolga aniq bir javob berish mushkul, chunki jamiyat yoki firmaning rivojlanish darajasi, undagi qadriyatlar va turmush tarzi, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullari, texnologiyalarning rivojlanishi darajasi hamda talabdan kelib chiqib, har bir firma bu savolga ozicha javob topishga harakat qiladi. Nima bolganda ham bu savolga javob topishda optimallik va samaradorlik shartlaridan kelib chiqish kerak. Resurslar va ne'matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi. Download 95.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling