Iqtisodiy fanlar kafedrasi
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING ICHKI STANDARTLARI
Download 0.51 Mb.
|
AUDIT AMALYOT HISOBOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik tekshiruvini rejalahtirish
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobi-ni yuritish. Auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilangan. Bunda yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan sarmoyasini shakllantirishlari zarur. Auditorlik tekshiruvini rejalahtirish Auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish jarayonida xalkaro audit me'yorlarining 2-sonli "Auditorni mijoz oldidagi majburiyat xati ",3- conli "Auditni tartibga soluvchi asosiy prinsiplar", 4-sonli "Rejalashtirish " nomli andozalaridan foydalanish taklif etiladi. Bu andozalarda ilgari surilgan asosiy mazmun auditorlik tekshiruvini sifatli va uz vaktida amalga oshirish uchun rejalashtirish jarayonining zarurligini asoslab berishdir. Auditor uz ishini shunday rejalashtirishi kerakki, bu narsa unga belgilangan vakt ichida korxona moliyaviy xisoboti, buxgalteriya balansi va boshka moliyaviy xujjatlarining tugriligini aniklash, amalga oshirilgan xujalik muomilalarining konuniyligi va ularni buxgalteriya schetlarida aks ettirish tugriligi xakida xolisona xulosa kabul kilish imkonini berishi lozim. Reja mijoz korxona faoliyati tugrisida tuplangan ma'lumotlarga asoslanishi lozim.Mijoz tugrisida ma'lumotlar tuplash utkazilishi kutilayotgan auditorlik tekshiruvining maksadlari bilan boglik. Auditorlik tekshiruvlari kuyidagi maksadlarda amalga oshirilishi mumkin: - buxgalteriya xisoboti va ichki nazoratga baxo berish; - moliyaviy xisobot kursatkichlari tugriligini tekshirish; -korxonani davlat tasarruvidan chikarish va xususiylashtirishga tayyorlash; - valyuta operatsiyalarining tugriligini tekshirish; - aksiyalar va boshka kimmatbaxo kogozlar chikarish tugrisida tavsiya kilingan ma'lumotlarni tasdiklash; -korxonaning moliyaviy barkarorligini mustaxkamlash buyicha takliflar ishlab chikish; - korxona maxsulotlariga ichki va tashki bozordagi talab darajasini urganib berish; - korxona imkoniyatlaridan kelib chikib rakobat kiluvchi firmalar bilan kurashishning samarali usullarini ishlab chikish va boshkalar Auditor tekshiruvning maksadi va oldiga kuyilgan vazifalaridan kelib chikib mijoz tugrisida ma'lumotlar yigishga va bir kator dastlabki xarakatlarni amalga oshirishga kirishadi. Jumladan: 1.Auditor agar mijoz yangi bulsa u bilan xamkorlik kilish kerakmi, yukmi, agar u ilgaridan aloka kilib kelayotgan mijoz bulsa u bilan munosabatlarini davom ettirish maksadga muvofikmi, yukmi degan savollarga javob berishi lozim. Tuplagan ma'lumotlari buyicha auditor bu firmalarni firibgarlik, xisobot ma'lumotlarini soxtalashtirish,aktivlarini uzlashtirish va auditorlarga taz'ik utkazishga xarakat kilishda ayblanganliklarini aniklasa tekshiruvdan voz kechishi mumkin. 2.Auditor mijozni auditor xizmatidan foydalanishga majbur kilgan sabablarni aniklashi lozim. Bu ma'lumotlar auditorlik tekshiruvi tavakkalchiligini aniklash uchun zarur buladi.Chunki korxona inkirozga yuz tutayotgan, tulov shartlarini muntazam buzib kelayotganligi uchun sudga berilgan mulkini musodara kilishga tayyorlanayotgan, nokonuniy faoliyat yuritishda va foydani yashirishda ayblanayotgan bulsa tavakkalchilik darajasi juda yukori buladi va bu xolatda auditorlik firmasi uz tajribasi xamda xodimlarining bilimini xisobga olgan xolda bu buyurtmani olish yoki olmaslik tugrisida karor kabul kilishi kerak. 3.Auditor mijoz firma bilan iktisodiy alokada bulayotgan xujalik sub'ektlari tugrisida atroflicha ma'lumot yigishi lozim. Bu narsa auditorlik tekshiruvi natijalarini iste'molchilarini aniklash va xulosalarini rasmiylashtirishda ularning extiyojlarini tularok xisobga olish imkonini beradi. 4.Auditor mijoz korxona tugrisida imkoni boricha tula ma'lumotga ega bulishi maksadga muvofik buladi.Bu ma'lumotlar korxona faoliyatining kuyidagi tomonlarini yoritishi lozim: - korxona ishlab chikarishining xususiyatlari va kulamlari; - korxona maxsulotining iste'molchilari; - maxsulotlarning yangi turlarini yaratish borasida olib borilayotgan izlanishlar, tadkikotlar; - firmaning iste'mol bozoridagi urni va ishbilarmon doiralardagi uning mavkei; - korxona biznesining rivojlanish istikbollari; - korxonadagi moddiy texnika ta'minoti va maxsulotlarnisotish tizimida kullanilayotgan usullar; - korxonadagi boshkaruv tizimi,uning raxbariyati va xodimlarining tarkibi, ularning yoshi va bilim darajalari; 5.Auditor uzini,auditorlik firmasini va unda ishlayotgan xodimlarni mijoz korxona manfaatlari bilan bogliklik darajasini urganib chikishi lozim. Bu xolat auditorlik tekshiruvini mustakillik, xolislik prinsipini ta'minlash uchun zarur. Agar firma xodimlarini, yoki ularning oilalarini mijoz korxonaga alokadorligi bulsa va u auditni xolisligiga ta'sir etish kuchiga ega bulsa firma yoki auditor bu buyurtmani bajarishdan voz kechishi lozim. Mana shunday ma'lumotlarga ega bulgach,agar auditor buyurtmani olish urinli, deb xisoblasa,uz roziligini mijozga majburiyat xati orkali yozma ravishda bildiradi. Majburiyat xatining shakli va mazmuni mijozning tilaklaridan kelib chikib turlicha bulishi mumkin. Shu bilan birgalikda xalkaro audit andozalariga kura majburiyat xatida asosan kuyidagi xolatlar xisobga olinishi kuzda tutiladi: - moliyaviy axborotlarni auditorlik tekshiruvidan utkazishning maksadi; - korxona raxbariyatini moliyaviy axborotlar uchun ma'suliyati; - xarakatdagi konunlar,andozalar,kasb idoralarining kursatmalariga ishoralarni xisobga olgan xolda audit kulami; - tekshiruv natijasida olinadigan xisobotlar yoki boshka axborotlarning shakli; -auditorlik tekshiruvini utkazish uchun ajratilgan vaktni chegaralanganligini xisobga olib,shu vakt ichida tekshiruv kanchalik tulik olib borilsa xam,yolgon ma'lumotlarni aniklanmay kolish extimolini mavjudligini kursatish; -auditorlik tekshiruvi bilan boglik ma'lumotlardan bemalol foydalanish imkoniyatini yaratish lozimligi. Bulardan tashkari auditor xatga yana kuyidagi xolatlarni xam kushishi mumkin: - auditni rejalashtirishga taalukli bitim; - mijozdan majburiyat shartlariga roziligini tasdiklashni surash; - mijoz uchun tuzib berilishi kuzda tutilayotgan boshka biror bir xat yoki xisobotlar tafsifi; - xizmatni takdirlash buyicha takliflar Bularga aniklik kiritilgach, unga yana kuyidagi xolatlar xam kushilishi mumkin: - auditning ayrim yunalishlariga boshka auditorlar va ekspertlarni jalb kilishga ta'lukli bitim; - tekshiruvga ichki auditorlar va mijozning boshka xodimlarini jalb kilishga ta'lukli bitim; - agar imkoni bulsa auditor majburiyatlarini xar kanakasiga kamaytirishga xarakat; - mijoz bilan auditor urtasida keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bulgan bitimlarga ishora Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling