Iqtisodiy fanlar kafedrasi


Uz, 1 C UzASBO dasturlarida hisobot davrining yakunlanishi


Download 194.24 Kb.
bet30/41
Sana02.11.2023
Hajmi194.24 Kb.
#1739776
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiy fanlar kafedrasi-fayllar.org

1 Uz, 1 C UzASBO dasturlarida hisobot davrining yakunlanishi

“JShDS hisob kitobi” hujjatini yaratamiz. Sana – chorakning oxirgi kuni. «To‘ldirish» tugmachasi bosiladi va dastur avtomatik tarzda “Ish haqini hisoblash” hujjatidan olingan ma'lumotlar bilan hisobot satrlarini to‘ldiradi. Dasturga ma'lumotlarni kiritishni boshlaganda, JShDS hisobotining to‘g‘ri shakllanishi uchun, 1-Ilovadagi “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va fuqorolar sug‘urta badallari chegirilgan holda hisoblangan daromadlar summasi” va “Ulardan soliqqa tortiladigan daromadlar” oynalarini to‘ldirish kerak. Keyinchalik ushbu oynalar avtomatik tarzda shakllanadi.



YaSTnnng eng kam miqdorini hisoblash” hujjati
Yagona soliq to‘lovini hisoblaydigan va undan o‘tkazmalarni shakllantiradigan “YaSTni hisoblash” hujjatini yaratishdan oldin (bu hujjat o‘tkazmalarni shakllantiradigan soliq hisoboti bo‘yicha yagona hujjat) “YaSTning eng kam miqdorini hisoblash” hujjatini yaratish kerak. Ushbu hujjatda uchkarrali yer solig‘i bo‘yicha ma'lumotlar kiritiladi. Ushbu hujjat interaktiv hisobotga o‘xshab to‘ldiriladi. Har bir chorakning oxirida.
Ushbu modul yordamida omborlar va
do‘konlarda tovarlaming mavjudligini hisobga olish, mijozlar va ta’minotchilar bazasini yuritish, tovarlar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, zarur barcha birlamchi hujjatlarni (yukxatlar, schyot-fakturalar, tovar hisobotlari, inventarizatsiya aktlari va boshqalar) shakllantirish, kontragentlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar holatini kuzatib borish mumkin. Ishlab chiqarish. “Ishlab chiqarish” bo‘limi korxonaning moddiy resurslari hisobini va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hujjatli rasmiylashtirishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Bo‘lim moddiy resurslar bilan bog‘liq tayyor mahsulotlaming kelib tushishi, hisobdan chiqarilishi va tannarxini hisoblashni, xaridorlarga berish va boshqa shu kabi operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Xizmatlar ko‘rsatish. “Xizmatlar ko‘rsatish” bo‘limi xizmat ko‘rsatish shartnomalari hisobini yuritish va ular asosida bajarilgan ishlar aktlarini avtomatik shakllantirish, shuningdek, chet korxonalar xizmatlari hisobini yuritish imkonini beradi. Ish haqini hisoblash. “Ish haqini hisoblash” bo‘limi mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ishchilar bilan hisob- kitoblar hisobini avtomatlashtirish imkonini beradi. Daromad solig‘i setkalarini avtomatik shakllantirish, qo‘shimcha toMov va chegirmalar ma’lumotnomalarini yuritish, ish haqi, shuningdek, mehnatga haq to‘lash fondidan soliqlar va ajratmalarni (daromad, pensiya, korxonalardan YalT, JBPT, kasaba uyushmalari badallari) avtomatik 134 hisoblash ko‘zda tutilgan. Tashkilotda foydalaniladigan hisoblashning har xil turlarini kiritish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ushbu boiim da xodimlarning plastik kartochkalariga pul o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Bo‘lim 10 dan ortiq hisobotlarni (hisob-kitob varag'i, hisob-to‘lov qaydnomasi, xodimlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar va boshqalar) o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish va qog‘ozga chiqarish mumkin. Reglament. Boiim oyning yakunlovchi operatsiyalari - valyutalami qayta baholash, moliyaviy natijalarni aniqlash, soliqlar hisob-kitobi, kurslar va summalar farqlari hisob-kitobi va boshqalami yuritish imkoniyatini beradi. Standart hisobotlar. Ushbu bo‘limda tahliliy xarakterdagi barcha standart hisobotlar (schyotlar qoldiqlari, oborotlari bo‘yicha va ajratmalar bo‘yicha alohida-alohida) amalga oshirilgan. Hisobotlarni sozlashning juda ko‘p variantlari amalga oshirilgan. Shuningdek, dasturda quyidagi shartnomalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan: Avtotransport ijarasi shartnomasi; Beg‘araz foydalanish shartnomasi; Hadya shartnomasi; Oldi-sotdi shartnomasi; Xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi; Qarz to‘g‘risidagi shartnoma; Garov to‘g‘risidagi shartnoma; Pudrat shartnomasi; Prokat shartnomasi. Reglament hisobotlari - soliq idoralariga taqdim etishga mo‘ljallangan soliq va buxgalteriya hisobotlari, shuningdek, turli jamg‘armalarga taqdim etishga moMjallangan hisobotlar. Hisobotni shablon ko‘rinishida va toMdirilgan hisobot (to‘ldirish dasturga kiritilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi) ko‘rinishida
28
shakllantirish imkoniyati mavjud. «ВЕМ - Buxgalterga Elektron Madad» - bu har qanday turdagi tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tayyor yechimdir. Ushbu dasturiy mahsulot buxgalteriya hisobi masalalarini yechishga yordam beradi. Ammo uning imkoniyatlari bu bilan cheklanmaydi: ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlashni o‘z ichiga oladigan har qanday masalalar ham BEM ilovalarining asosiy tarkibiy qismi vositalari yordamida bajarilishi mumkin. BEM mahsulotining asosiy tarkibiy qismlari schyot yaratuvchilar tomonidan qo‘shimcha funksional kiritish va uni quwatlashni amalga oshirishga imkon beradi. Turli hisoblar (shu jumladan, buxgalteriya hisobi) masalalarini yechish sohasida o‘tkazilgan tahlillar natijasida dasturiy ta’minotni yaratish jarayonida biznes-obyektlar tavsiflari, ulaming aloqalari va o‘zaro bogiiqligi tizimi yaratildi. Umumqabul qilingan jahon tajribasiga tayanib, BEM mahsulotining boshlang‘ich kodlarini taqdim etish orqali ishlanmalarning oddiyligi va 135 kengayuvchanligiga osongina ishonch hosil qilish mumkin. Agar dastur yaratish jarayonida, unda yangi imkoniyatlar qo‘shishingiz va ularni BEM dasturiy mahsuloti bazasida tarqatishingiz mumkin. Umumiy xulosa sifatida BEM mahsulotlaridan foydalanish jarayonlari bo‘yicha hududlarda buxgalterlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ushbu dastur imkoniyatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish buxgalterlar ishini tezlashishi va ish sifatini oshirilishiga olib keladi.




  1. Download 194.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling