Iqtisodiy fikr, goya, qarash, ta’limotlarning paydo bulishi va rivojlanishining


Qadimgi fikr: ishlab chiqarish qoidalariga Eskicha qarashlar va yangicha qarashlar


Download 46.68 Kb.
bet2/12
Sana25.04.2023
Hajmi46.68 Kb.
#1397259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. Fanga kirish. Qadimiy dinlarning iqtisodiy jihatlari. Q

Qadimgi fikr: ishlab chiqarish qoidalariga Eskicha qarashlar va yangicha qarashlar


Iqtisodiy fan manbaalarini avvalo jaxon tsivilizatsiyasining beshigi bulgan Qadimiy sharkdan izlamok mantikan tugridir. Iqtisodiy goyalarining shakllanishi insoniyatning paydo bulishi bilan boshlangan. Ammo xozirgi paytda qulyozmalarda aks ettirilgan goyalargina taxlil kilingan. SHu sababli Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati, anikrogi, xususiy mulk paydo bulishi bilan boshlanadi, deyish urinlidir.
Yangi era – millodning III asridan boshlab Osiyoda, millodning V asridan Garbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chikarish tizimi bilan almashdi. Ammo quldorlik tuzumining koldiklari feodalizm va xatto kapitalizm davrida saklanib koldi. Masalan, eng rivojlangan AKSHda quldorlik, qullar mexnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fukarolik urushidan keyin tula
tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri xam shu davrda, ya’ni ulka Rossiya tomonidan bosib olingach, konun yuli bilan takiklandi. Ayrim
tarixiy, Iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga kura Yevropaning asosiy kismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chikarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga utildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bulib, bevosita ishlab chikaruvchilar bulgan, rasman ozod dexkonlarni ekspluatatsiya kilishga asoslangan. Yer egalari – feodallar yoki davlat barshchina (ishlab berish), natural (maxsulot) yoki pul obrogi (solik) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. SHunday kilib,
feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chikaruvchilar – dexkonlarning xamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dexkon ishlab chikarishdan xiyla manfaatdor bulgan, uzining oilasi, ayrim ishlab chikarish vositalariga, xujalik mustakilligiga ega edi, shu sababli mexnat unumdorligi va ishlab chikarish kuchlari ancha usdi. Feodalizm shu jixatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda xam kolok texnika mavjud bulib, ishlab chikarish kuchlarining rivoji sekin borgan. Garbiy Yevropada feodal ishlab chikarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi) dan burjua inkilobi (XVII-XVIII asrlar), anikrogi sanoat tuntarilishi davrigacha yashadi. Kupgina mamlakatlarda (masalan, Urta Osiyo, jumladan, Uzbekiston) bu davr undan xam uzok vaktni uz ichiga oladi (III-XX asrlar). Bu jamiyatda yuzaga kelgan Iqtisodiy karashlar keng kamrovli bulib, yerga egalikning konuniy ekanligini kursatish, tovar – pul munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga karatilgan. Usha davrdagi Iqtisodiy goyalarda tovar – pul munosabatlari (sudxurlikdan tashkari) qullab – kuvvatlanadi va shu bilan birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saklab kolish zarurligi kayd etiladi. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga kura, usha davrdagi Iqtisodiy goyalarda diniy – axlokiy yunalish kuchli bulgan. Bozor Iqtisodiyoti bilan boglik fikrlarda ikki tomonlama karash mavjud (tovar ishlab chikarish, sudxurlik va b.).
Davlat va dinning Iqtisodiyotdagi roli yukori kuyiladi. Urta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi Iqtisodiy goyalar vujudga keldi.
Dastlab quldorlik jamiyati SHarkda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oraligida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inkilob ruy berdi, metall kurollar ishlatila boshlandi, kishlok xujaligida intensiv, kup
xollarda sugorma dexkonchilikka utildi, shu asosda nisbatan turgun kushimcha maxsulot olish imkoni tugilgan. Oqibatda jamiyatda mexnat taksimotini rivojlantirishga, kupgina xunarmandchilik soxalarining ajralib chikishiga, sinfiy tabakalanishga turtki buldi.
Bu davrda kushimcha maxsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dexkonlarni ekspluatatsiya kilish yuli bilan renta – solik olish (Osiyoda) bulsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan xam (Evropada) katta boylik orttirilgan. SHarkda davlatning Iqtisodiyotga aralashuv darajasiga karab, ayrim (erkin) axolining axvoli qullarnikidan deyarli fark kilmagan (umuman, SHark mamlakatlarida qulchilik masalasi xali uzil – kesil xal etilgan emas).
Akademik V.V.Struvьe uni tan oladi. Lekin kupgina olimlarning fikricha, SHarkda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xujaligida ustun bulgan.
SHark, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xujalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dexkonchilik, xunarmandchilik, kurilish soxasida qullar mexnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Garbiy Yevropa) dagi ayrim regionlarda xalkaro savdoni olib borish bilan boglik ravishda tovar – pul munosabatlari xam ancha rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaxarlari). SHu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. Uz maxsulotini sotishga muljallab ishlab chikargan qulchilik xujaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Okibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Bizgacha yetib kelgan eng Qadimgi qulyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va axoli urtasidagi munosabatlar tugrisidagi fikr yuritiladi.
Bu davrda sinfiy ajralish tula shakllanmagan bulib, boshkaruv ishiga
ishbilarmonlarni taklif etish (yukori tabakali yoki oddiy axolidan bulishidan kat’i nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misrdan farkli ravishda Mesopatamiyada xususiy mulkchilik va tovar – pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xususiyatlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yuk bulgan usha sharoitda karzdor qulchilik xujalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar solik tulovchilar va xarbiylardan ajralib kolishi mumkin bulgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saklanib kolgan yodgorliklarda, yozma konunlarda Iqtisodiy goyalar xam mavjud, unda mustakil ishlab chikaruvchilarning xukuklarini ximoya kilish, tartibga solish buyicha muxim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon)da (m.a. 1792 – 1750 yy.) podsholik kilgan Xammurapi (ba’zi manbalarda Xammurabi) konun
tuplamlari (jami 282 ta) dikkatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu tuplam 1901 – 1902 yy. Suza shaxri koldiklarini arxeologik kazish paytida topilgan (Frantsiya poytaxti Parijdagi mashxur muzey – Luvrda saklanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda xam kurish mumkin. Toshga uyilib yozilgan muxim va Qadimiy, tarixiy xujjatni taxlil kilish shuni kursatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jixatdan ancha mukkammal ajralgan. Biz uchun ayniksa, mulkchilik va unga egalik shakllari
muximdir. Konunda «kuchlilar zaifroklarni cheklamasligi kerak» degan koida bor. Masalan, karzdorligi uchun podsho jangchilari va boshka axolining yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxurlik faoliyati cheklangan, uning mikdori pulda 20, maxsulotda 33 foizdan ortik bulmasligi kerak.
Asosiy maksad ishlab chikarishni, birinchi navbatda kishlok xujaligini rivojlantirishni qullab – kuvvatlash bulgan, ya’ni mexnatsiz daromad topishga karshi kurashilgan. Karzni karz xisobiga uch yildan ortik ushlab turish mumkin bulmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan, yerga xam tan olingan. Birovning xususiy mulkiga kuz olaytirgan, unga zarar yetkazganlar Iqtisodiy jixatdan jazolangan. Bu konunlar tuplami davlatning mamlakatni Iqtisodiy boshkarish soxasidagi dastlabki tajribasini kursatadi. Okibatda shu davrda mamlakat xam siyosiy jipslashdi, xam Iqtisodiy ravnak topdi.
Qadimgi Xindistonning «Manu konunlari» da (m.a. IV– III asrlar) ijtimoiy mexnat taksimotining, xukmronlik va buysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Xindistondagi Iqtisodiy goyalarni aks ettiruvchi Qadimgi yodgorlik
«Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oraligida) dir (tom ma’nosi buyicha ifoda, amaliy xayot tugrisidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda tuldirilgan). Bu Qadimiy va muxim tarixiy yodgorlikdir (u CHandragupta I podsholigi davrida podsho
maslaxatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustaxkamlash asosiy vazifa kilib kuyilgan. Qulchilik eng past
tabakalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning kiymati» muammosi kutarilgan, kiymat mikdori «ish kunlari» bilan belgilangan, ragbatlantirish esa mexnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshkarish buyicha takliflar berilgan bulib, bir
kancha Iqtisodiy goyalar xam ilgari surilgan. Masalan, unda maxsulotning bozor baxosi bilan uning tabiiy kiymati urtasidagi fark aytilgan. Tovarga bulgan extiyoj ortganda, uning baxosi kiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shugullanuvchilarga aloxida urgu berilgan bulib, foyda masalasi kutarilgan, foydaning mikdori tovar baxosiga (boshka xarajatlar katorida) kushilib, maxalliy
maxsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import usha davrda xam afzal) kilib belgilangan.
Davlatning Iqtisodiy ishlarga aralashuvi qullab kuvvatlangan. Kishlok
xujaligiga aloxida e’tibor berilgan, bush yerlar xalkka bulib berilishi va solik tulash zarurligi, sugorish inshootlari kurishga e’tibor xakida suz yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chikaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan goya markaziy urinni egallaydi. (Xozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)
Moliya soxasida daromad soligiga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma’naviy yordam berishi kerak, deyilgan.
Maxsulotga baxo belgilash, davlatning boyishini ta’minlash (foydani oshib, sarf – xarajatni kamaytirish), xisob – kitobni tartibga solish, xar xil ugriliklarga karshi kurashish kerakligi belgilangan. SHu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yukoladi, deyilgan.

    1. Download 46.68 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling