Iqtisodiy geografiyani bosh tushunchalari,mehnat taqsimoti,geografik o’rin,iqtisodiy rayon reja: 1
Iqtisodiy geografiya yoki iqtisodiyot geografiyasimi? Fanning mazmuni va mohiyati, predmeti va ob’ekti, asosiy yo’nalishlari, boshqa fanlar bilan aloqalari
Download 77.5 Kb.
|
IQTISODIY GEOGRAFIYANI BOSH TUSHUNCHALARI,MEHNAT TAQSIMOTI,GEOGRAFIK O’RIN,IQTISODIY RAYON
Iqtisodiy geografiya yoki iqtisodiyot geografiyasimi? Fanning mazmuni va mohiyati, predmeti va ob’ekti, asosiy yo’nalishlari, boshqa fanlar bilan aloqalari.
Ananaviy geografik siyosatni regional yoki hududiy siyosat, xozirgi geografik siyosat bilan tenglashtirish noto’g’ri. Iqtisodiy geografiya va umuman geografiya fanini rivojlanishida nemis olimi A.Gettnerning (1859-1941yy.) ham malum darajada xazmatlari yo’q emas. Biroq u asosiy etiborni hududga bergan va geografiyada tarixiylik tamoyilga karshi chikkan, geografiya faqat xozirgi hududiy vokelikni O’rganishni uktirgan. Shu bois A.Gettner geografiyasi «xorologiya» (yani hudud) tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, iqtisodiy geografiyaga tegishli ilmiy muammolar boshqa davlat olimlari va turli maktablar tomonidan ham O’z echimini topgan. Masalan, ingliz G.G.Chizxolmning utgan asr oxirida yozgan tijorat geografiyasi, undan keyinrok yashagan niderland X.Bos, shvetsariyalik G.Beshning jahon xO’jalik geografiyasi, amerikalik olimlar U.Izard hamda V.Leontevning hududiy iqtisod, frantsuz F.Perruning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda kutblar va hududiy tengsizlik nazariyasi, P.Xaggetning iqtisodiy geografiyada hududiy tahlil, amerikalik Ch.Garris va frantsuzlar J.Boje Garne hamda Shabolar, shved G.Aleksanderosning shaharlar geografiyasi, AKSh olimi D.Xarveynning geografiya fanining umumnazariy masalalari uning vatandoshi G.Uaytning tabiiy resurslar va tabiiy ofatlarga bagishlangan asarlari shular jumlasidandir. Albatta, mustaqil O’zbekistoning bulajak geograf olimlari bu va boshqa jahon faniga molik ilmiy ishlar bilan tanish bulishlari zamon talabidir. Soxibkiron bobokalonimiz Amir Temur davrida, uning jahon buylab yurishlarida xarbiy georafiya va statistika bilan boglik masalalar ham eritilgandir. Z.M.Bobur, Nosir Xisrav, Beruniy, Behbudiy, Furqat, Alovutdin, Ali Kushchi kabi donishmandlarning ham bu boradagi xizmatlarini kursatish mumkin. Iqtisodiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishda geografik jamiyatlarning tashkil etilishi ham malum axamiyatga ega bO’lgan. Chunonchi, bunday jamiyat dastlab Parijda (1821), sungra Berlin (1828) va Londonda (1830) tasis etilgan edi. Peterburgda esa u 1845 yilda tashkil etildi. Rossiya geografiya jamiyatning tashkil etilishi va uning faoliyatida V.P.Litke, P.T.Semenov-Tyan Shanskiylarning xizmati katta bO’lgan. Biroq bu ijtimoiy tashkilotlar doirasida sof iqtisodiy geografik masalalar kam edi. Masalan, Rossiya Geografiya jamiyatida 4 ta bulim mavjud bO’lgan: tabiiy geografiya, matematik geografiya va kartografiya; etnografiya; antropologiya va tarixiy geografiya; statistika va siesiy iqtisod. Demak, Rossiyada ham xorijiy mamlakatlarda hamda utgan asrda (xato shurolar davrigacha) iqtisodiy geografiya aynan shu manoda va xozirgi makomda vujudga kelmagan. Iqtisodiy geografik malumotlar statistika, umumiy va siesiy geografiyada berilar edi. Ammo shunga karamay, mazkur fanning shakllanishiga tarixiy va nazariy asos yaratilgan edi. Iqtisodiy geografiya fanining tarixiy rivojlanishi eng avvalo shu fan nomi bilan yuritiladigan kafedralarning ochilishida ham O’z aksini topdi. Jumladan, bunday kafedra birinchi marta Rossiyada yani Peterburg Politexnika Institutida professor V.E.Den tomonidan 1902 yilda ochilgan edi. Keyinchalik bu kishi Rossiya iqtisodiy geografiyasining birinchi professori, shurolar davrining dastlabki yillarida shunday kafedrani Sankt-Peterburg Universitetida ham tashkil kilgan edi. Sobiq sovet iqtisodiy gegrafiyasining asoschisi N.N.Baranskiy iqtisodiy geografiya kafedrasini 1921 yilda Kommunistlar Universitetida ochgan. Bu urinda eslatib utamiz, Urta Osieda bunday kafedra ilk bor Toshkent Davlat Universitetida 1940 yilda tashkil kilingan edi. Shuni alohida takidlash joizki, xorijda, masalan, AKSh da «iqtisodiy geografiya» bizga nisbatan torrok manoda kullaniladi va uning kelib chikikshi eng avvalo qishloq xO’jalik va tog kon sanoati geografiyasi bilan boglanadi. Bundan tashqari AKSh da kayta ishlash sanoati transport geografiyasiga ham etibor beriladi. Urtadagi oralik ikkinchi blokni sotsial-iqtisodiy geografiya (1,2) sifatida karashimizni sababi - bu turkumga kiruvchi fanlar mohiyatiga kura kO’proq sotsial manoga ega va ularning barchasi aholi bilan boglik. Aholi esa, dagalrok qilib aytganda 100 foiz sotsial (chunki hamma esh kari va ishlovchi ham ovkatlanadi, dam oladi, davolanadi va x.k) , va taxminan 50 %i iqtisodiy tushunchadir. Xalq xO’jalik tarmoqlarida ishlovchilar va umuman mehnat resurslari jami aholining yarimiga yaqinini tashkil etadi. Shuningdek, shahar eki qishloqlar ham sotsial - iqtisodiy tizimdir, zero ular hududiy jihatdan aholi va ishlab chiqarish korxonalarini birikmasi hisoblanadi. Yuqoridagi manoda kullanilgan «sotsial iqtisodiy geografiya» tushunchasini eki aynan shu kO’rinishda e.B.Alaev, G.Asanov, S.Ya.Nimmik, U.I.Merestelar ishlatiladigan iborani «iqtisodiy va sotsial geografiya» bilan chalkashtirish xato. Bu urinda birinchisi ikkinchisiga nisbatan torrok mazmunga ega. Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling