Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.
Reja
1. “Investitsiyalar” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. “Investitsiya” va “kapital qo’yilmalar” tushunchasi.
2. Investitsiyalarning turlari: moliyaviy (portfelь), real (moddiy) va intellektual investitsiyalar.
3. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning mikro va makroiqtisodiyot darajasidagi funktsiyalari va vazifalari.
“Investitsiyalar” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi. Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. “Investitsiya” va “kapital qo’yilmalar” tushunchasi.
“Investitsiya” nemischa “Ivnestition”, lotincha “Investio” so’zidan olingan bo’lib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qo’yilmalar sarfi, ya’ni xarajatlar yig’indisi deb talqin etiladi. “Investitsiya” deganda kelgusi foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga investorlar tomonidan uzoq muddatga qo’yiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi.
“Kapital qo’yilmalar” deganda esa yangi ob’ektlarni qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va kengaytirish, yangilash hamda asosiy vositalar sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar yig’indisi tushuniladi.
SHundan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, investitsiyalar kapital qo’yilmalar tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega. Kapital qo’yilmalar investitsiyani tarkibiy qismi bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish uchun yo’naltirilgan qismini tashkil etadi.
D.G’.G’ozibekov investitsiyalarni joriy qiymatini saqlash, bo’lajak qiymatini ko’paytirish, kapitallashtirish va yuqori samaralarga erishish yo’llari tizimli ravishda pulning zamonaviy qiymat kontseptsiyasiga asoslanishini ta’kidlaydi. SHuningdek, investitsiyalarni ta’riflashda uni aniq va noaniq risklar, safarbar etilayotgan kapitalning hozirgi qiymatini saqlash va uni kapitallashtirish jihatlariga e’tiborni qaratgan.
N.H.Haydarov investitsiyani mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va intellektual boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir».
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida” Qonunning 2-moddasiga ko’ra investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga doir huquqlar” sifatida ta’riflangan.
Umuman olganda, kapital qo’yilmalar investiitsilarning tarkibiy qismi bo’lib, shu bilan birga investitsiyalar tarkibida kapital qo’yilmialardan tashqari aylanma mablag’ (vosita)lar ham mavjud. Demak, kapital qo’yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi. Investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital qo’yilmalar bo’libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo’yilmalarni ham o’z ichiga oladi. Investitsiyalar - mulkchilikning barcha ko’rinishlaridagi moddiy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |