Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari


Download 1.8 Mb.
bet4/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

2.2.Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
2.3.Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
Tayanch iboralar:investitsiya jarayoni, multiplikatsion samara, investitsiya loyihasi, biznes reja,ustav kapital, investitsiya loyihasining hayotiylik davri


2.1.Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati.
Investitsiyalash maqsadlari vayo’nalishlariMa’lumki, investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foydaolish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Shubilan birga, investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qaerdan yoki nimadan boshlanadi? Yoki qaerdan «start»oladi? Biz, ko’pchilik iqtisodchilarning investitsiyalashning asosini jamg’armalar tashkil qiladi, degan fikrigaqo’shilamiz. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg’arma tashkilqiladi. Bundan ko’rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg’armalar bo’lishi talab etiladi.Jamg’armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo’qqa chiqaradi va investitsiyalash to’g’risida so’zyuritishning hojati ham bo’lmaydi. Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni jamg’arishjarayonini ham birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, investitsiya qilishdan oldinresurslarni jamg’arish zarur bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo’jaliksubyektlari o’rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo’jalik subyektning resurslarnijamg’arishi boshqalari uchun investitsiya qo’yishdan iborat bo’ladi, ya’ni Xasanning daromadi, Xusanning xarajati bo’ladi. Masalan, xo’jaliklar, ko’p hollarda, investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmagandaqimmatli qog’ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli qog’ozlarnisotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarnijamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion samaraga (hodisaga)sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromado’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud - investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlargaaylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shutarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning daromadi bo’ladi), bu, o’z navbatida, bandlik vaishlab chiqarish hajmining o’sishini ta’minlab beradi.Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarishfaolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi.
 Masalan, xo’jaliklar, ko’p hollarda, investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmaganda qimmatli qog’ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.
Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning daromadi bo’ladi), bu, o’z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish hajmining o’sishini ta’minlab beradi.
Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling