Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Investitsiya siyosati, uning mazmuni va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni


Download 1.8 Mb.
bet9/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Investitsiya siyosati, uning mazmuni va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni.

Investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiyalashga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisidir. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil kilishga qaratiladi. Investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgandir.
Davlat investitsiya siyosatining bosh maqsadi - iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, korxonalar investitsion faolligini kuchaytirish, nomarkazlashgan investitsiyalashga o’tish, iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishdir.
O’zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi III boskichni o’z ichiga oladi. I boskich: 1991-1994 yillar, II boskich: 1995-2003 yillar; III boskich: 2003-2006 yillar.
I boskichda turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon nomarkazlashtirish tadbirlar amlga oshirila boshlandi; xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi ob’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish saqlab qolindi; xususiy mulkchilikni joriy etish tadbirlari olib borildi.
II bosqichda qonunchilik bazasini yaratildi; tanlov asosida loyihalarni moliyalashtirishga o’tildi; xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi; iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar kiritilishi kuchaytirildi; investitsion loyihalarni amalga oshirishda turli moliyalashtirish manbalari qo’llanila boshlandi.
III boskichda valyuta munosabatlari va operatsiyalari erkinlashtirildi; xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo’yicha muhim me’yoriy hujjatlar qabul kilinmokda; korxonalarning texnik-texnologik qurollantirilishi kuchaytirild; eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni moliyalashtirishga ustuvorlik berilmoqda.
O’zbekistonda bugungi kunda Davlat investitsiya siyosati o’ziga xos ikki yo’nalishga tayanadi:
- soliq yukini yengillashtirish, mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;
- investitsiya dasturlarini amalga oshirish.




  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling