Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari
Download 99.49 Kb.
|
IQTISODIY INDEKSLAR
IQTISODIY INDEKSLAR 1.Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari Jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha hodisa va jarayonlarni ifodalash uchun o‘rtacha va nisbiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda indekslar ham keng qo‘llaniladi. Inedks so‘zi lotincha «index» atamasidan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich, belgi ma’nosini anglatadi. O‘rtacha miqdorlar xildosh (turdosh) bo‘lgan ko‘pgina hodisalarning tipik xususiyatlarini ochib berishga imkon bersa, nisbiy miqdorlar esa hodisaning makon va zamon doirasida o‘zgarib borishini ta’minlaydi. Indekslar garchi iqtisodiy jihatdan bir xilda bo‘lsa ham, bevosita taqqoslab bo‘lmaydigan ko‘p hodisalarning ko‘pisi uchun tipik bo‘lgan o‘zgarish tomonlarini ko‘rsatadi. Statistik to‘plam statistikada ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: Hodisalarning elementlarini qo‘shish natijasida yuzaga keladigan statistik to‘plam. Qo‘shilishi mumkin bo‘lgan elementlardan tashkil topgan statistik to‘plam. Hodisalarning elementlarini o‘shilishi natijasida yuzaga keladigan statistik to‘plam hayotda ko‘p uchraydi. Ushbu to‘plamlarni taqqoslab ta’riflash uchun ularning hajmlari (miqdorlari) ni yoki o‘rtacha ko‘rsatkichlari bir-biri bilan taqqoslanadi. Masalan, ekin maydoni dinamikasini aniqlash uchun joriy yildagi jami ekin maydonini o‘tgan davrdagi jami ekin maydoniga taqqoslanadi, chorva mollari dinamikasi ham xuddi shunday aniqlanadi. Ish haqi dinamikasini hisobot va bazis yillaridagi ish haqlarining summalarini yoki bir xodimning o‘rtacha ish haqisi darajalarini birini ikkinchisiga taqqoslash orqali ish haqi dinamikasi aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan va shularga o‘xshash ko‘rsatkichlarni taqqoslash asosida qiyoslanadigan to‘plam elementlarining qo‘shiluvchanlik xususiyati yotadi. Ammo, yuqorida aytganimizdek, hayotda shunday to‘plamlar uchraydiki, undagi elementlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib, biror iqtisodiy ma’noga ega bo‘lgan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Shunday to‘plamlarga ishlab chiqarilgan, sotilgan, iste’mol qilingan mahsulotlar hajmini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ushbu to‘plamlarning elementlari natura mahsulotlarning turlari hisoblanadi, u mahsulotlarning miqdorlarini bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, hayotda jami ishlab chiqarilgan, sotilgan va hokazo mahsulotlarning jami hajmi va dinamikasini umumiy ta’riflash va ularga baho berish talab etiladi. Ushbu vazifa maxsus tuzilgan ko‘rsatkichlar-indekslar yordamida bajariladi. Ushbu maxsus ko‘rsatkichlarni, bizning misolimizda ishlab chiqarilgan (yoki sotilgan, yoki iste’mol qilingan) mahsulotlarning fizik hajmi indekslari deb ataladi. Shularga o‘xshagan to‘plamlarga baho darajasining umumiy o‘zgarishini ta’riflash paytida ham duchor qilinadi, chunki ushbu to‘plamdagi alohida tovarlarning baholarining ham bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yerda ham maxsus ko‘rsatkichlarni tuzib olinadi, ya’ni baho indekslaridan foydalaniladi. Shunday ko‘rsatkichlar qatoriga mahsulot tannarxi indekslari, mehnat unumdorligi indekslari, hosildorlik, mahsuldorlik kabi indekslar kiradi. Mahsulot turlarining moddiy-natural shaklda namoyon bo‘lishi to‘plam elementlarining bir-biriga qo‘shila olmasligining asosiy sababidir. Lekin barcha mahsulotlar uchun umumiylik mavjud bo‘lib, bu ularning mehnat mahsuli ekanligidir. Ushbu umumiylik tovarning qiymatida o‘z aksini topadi. Shunday qilib, har xil tovarlarning qiymatini qo‘shish imkoniyati tug‘uladi. Bir-biriga qo‘shilishi mumkin bo‘lmagan elementlar to‘g‘risidagi chegaralanish bartaraf etiladi. Natijada har xil mahsulotlar qiymati davrlar bo‘yicha taqqoslab ta’riflanadi, o‘rganiladi. Dinamika o‘zgarishi aniqlanadi, uning qiymati bo‘yicha bo‘lgan o‘zgarish mahsulot miqdori va bahosining o‘zgarishi ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Shunday qilib, mahsulotning qiymati summalarini taqqoslash orqali o‘zgarishi aniqlangan bilan indeks hal qilish zarur bo‘lgan masala to‘liq hal bo‘lmaydi. Ushbu masalani hal qilish uchun quyidagi tartibda hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. Har xil turli mahsulotlarning hajmi (miqdori) ni qanday o‘zgarganligini o‘lchash (aniqlash) uchun, taqqoslanuvchi ikki davr uchun ham bir xil bahollarni olish kerak, har xil turdagi mahsulotlarning baholari qanday o‘zgarganligini bilish uchun, ikki davr uchun ham mahsulotlarni o‘zgarmas, bir xil miqdorini olish kerak. Ana shular va shularga o‘xshash boshqa hisob-kitoblar indeks uslubining maxsus usullarining mazmunini ifodalaydi. Shunday qilib, indekslar bevosita taqqoslab bo‘lmaydigan elementlardan tashkil topadigan to‘plamlarni taqqoslash holatiga keltirib, qiyoslab ta’riflovchi maxsus usullardir. Statistik indekslar yordamida umumo‘lchovga ega bo‘lmagan turli xildagi hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechiladi. Shu nuqtayi nazardan indekslarning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Murakkab statistik to‘plamlarning ikki va undan ortiq davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarishini aniqlash va ta’riflash; Murakkab to‘plamlar bo‘yicha shartnoma va davlat buyurtmalarining o‘rtacha bajarilish darajasini aniqlash; Murakkab statistik to‘plamlarning turli obyekt va hududlar miqyosidagi o‘zaro nisbatlari o‘zgarishini aniqalash; Murakkab statistik to‘plamlar o‘rtasidagi bog‘lanish kuchini, ularga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir doirasi hajmini aniqlash va xulosalar qilish. Indekslar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: O‘rganilayotgan obyektlarning xarakteri bo‘yicha; To‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha; Hisoblash uslubi bo‘yicha. O‘rganilayotgan obyektlarning xarakteri bo‘yicha indekslar, o‘z navbatida, ikki guruhga bo‘linadi: Hajm ko‘rsatkichlari indekslari; Sifat ko‘rsatkichlari indekslari. Download 99.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling