Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari
O‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va tuzilmaviy indekslar
Download 99.49 Kb.
|
IQTISODIY INDEKSLAR
5. O‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va tuzilmaviy indekslar
O‘zgaruvchan va doimiy tarkibdagi indekslar asosan sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini tavsiflashda qo‘llaniladi. Bunga, o‘rtacha hosildorlik, o‘rtacha tannarx, o‘rtacha ish haqi kabi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shular va shularga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi quyidagi omillarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi: O‘rtalashtirilayotgan belgining o‘zgarishi; Hodisalar vaznlar tuzilmasining o‘zgarishi; Masalan, donli ekinlar o‘rtacha hosildorligining o‘zgarishi har bir ekin turi hosildorligining o‘zgarishi va donli ekinlar umumiy maydoni tarkibida yuqori hosilli ekinlar maydonining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Demak, sifat ko‘rsatkichlari ikki omil ta’siri ostida o‘zgaradi, ushbu o‘zgarish yuqorida ko‘rsatilgan indekslar yordamida aniqlanadi. Hodisaning o‘zgarishiga ikki omilning ta’sirini birgalikda ko‘rsatuvchi indeks, o‘zgaruvchan tarkibdagi indeks deb ataladi. Bu indeksni aniqlash uchun indekslashtirilayotgan belgining hisobot yilidagi o‘rtachasini bazis yilidagi o‘rtachasiga bo‘lish kerak. Bu quyidagi formula bilan ifodalanadi: Bunda: x – o‘rtalashtirilgan belgilar darajasi; f – o‘rganiladigan belgilar vazni. Hodisaning o‘zgarishiga faqat indekslashtiriladigan miqdorning ta’sirini ifodalovchi indeks, doimiy tarkibdagi indeks deyiladi. Ushbu indeksni aniqlashda indeks formulasining surat va maxrajidagi vaznlar (f) o‘zgarmasdan qoladi. Bu indeks quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Doimiy tarkibdan indeksni aniqlash uchun hisobot yilidagi indekslashtiriladigan o‘rtacha shartli indekslashtiriladigan o‘rtachaga bo‘linadi. Sifat belgisining o‘rtacha darajasining o‘zgarishiga vaznlar tuzilmasi o‘zgarishning ta’sirini ifodalovchi indeks, tuzilmaviy indekslar deb ataladi. Bu indeksni aniqlash uchun shartli indekslashtiriladigan o‘rtachani bazis davridagi indekslashtiriladigan o‘rtachaga bo‘lish kerak. Bu indeks quyidagi formula bilan ifodalanadi: Ushbu indeks o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Doimiy tarkibdagi indeks bilan tuzilmaviy indeks ko‘paytmalarining yig‘indisi albatta o‘zgaruvchan tarkibdagi indeksga teng bo‘lishi kerak. Download 99.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling