Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari


Download 99.49 Kb.
bet3/9
Sana29.01.2023
Hajmi99.49 Kb.
#1140187
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY INDEKSLAR

2. Bahoning yakka indeksi. Hisobot davridagi mahsulot bir­ligi bahosini bazis davridagi mahsulot birligi bahosiga bo‘lish yo‘­li bi­lan baho yakka indeksi aniqlanadi. Ushbu indeks orqali ba­ho­ning o‘zgarishi ta’riflanadi:
;
Bunda: p1 – hisobot davrida sotilgan 1 s (1 t.) mahsulotning
bahosi (so‘m);
p0 – bazis davrida sotilgan 1 s (1 t.) mahsulotning
bahosi (so‘m).

Masalan, sotilgan 1 s bug‘doyning bazis yilidagi o‘rtacha ba­hosi 3500 so‘m, hisobot yilidagi 3780 so‘m bo‘lgan. Bahoning yak­ka indeksi 108%ni tashkil qilgan:



Demak, hisobot yilida baho o‘tgan yilga nisbatan 8%ga osh­gan.
3. Tannarxning yakka indeksi. Bu indeksni aniqlash uchun hi­sobot davrida yetishtirilgan mahsulot birligining tannarxini ba­zis davridagi tannarxiga bo‘lish orqali aniqlanadi. ushbu indeks yordamida tannarxning oshganligi yoki kamayanligi foiz hiso­bida ta’riflanadi:
;
Bunda: Z1 – hisobot davrida yetishtirilgan 1 s mahsulotning
tannarxi (so‘m);
Z0 – bazis davrida yetishtirilgan 1 s mahsulotning
tannarxi (so‘m);
4. Mehnat unumdorligining yakka indeksi. Bu indeksni aniq­lash uchun hisobot davrida 1 kishi-soat (1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdorini bazis daprrida 1 kishi-soat (1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdoriga bo‘linadi. Bu indeks har bir mahsulot turi bo‘yicha mehnat unumdorligini osh­gan yoki kamayganligini ifodalaydi. Ushbu indeks quyidagicha aniqlanadi:
;
Bunda: – hisobot davrida 1 kishi-soat hisobiga ishlab chi-­
qa­rilgan mahsulot miqdori (s,t.);
– hisobot davrida 1 kishi-soat hisobiga ishlab chi­-
qarilgan mahsulot miqdori (s,t.);
5. Mehnat unumdorligining teskari yakka indeksi. Bu in­deksni aniqlash uchun mahsulot birligi uchun sarf bo‘lgan vaqt­ni hisobot davrida mahsulot birligi uchun sarf bo‘lgan vaqtga bo‘­lish kerak:
;
Bunda: t0 – 1 s mahsulotni yetishtirish uchun bazis davrida
sodir bo‘lgan vaqt (kishi-soat);
t1 – hisobot davrida 1 s mahsulotni yetishtirish
uchun sarf bo‘lgan vaqt (kishi-soat).
Jami murakkab hodisalarning (statistik to‘plamning) tarkibiy qismlarining yaxlit o‘zgarishini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar umu­miy indekslar deb ataladi. Masalan, xo‘jalikda yetishtirilgan yalpi mahsulot indeksi taqqoslama bahoda 2006-yilda 2005-yilga nis­ba­tan 105%, 2000-yilga nisbatan 180% ni tashkil qilgan deb fa­raz qilaylik. Bu keltirilgan raqamlar mahsulot fizik miqdori umu­­miy in­deksi hisoblanadi. Demak, bu indekslar qishloq xo‘jalik korxo­na­sida jami yetishtirilgan natural mahsulotlarning fizik miq­dor­la­ri o‘rtacha hisobda 2006-yilda 2005-yilga nisbatan 5% ga, 2000-yil­ga nisbatan 80% ga oshganligini bildiradi.
Berilgan ma’lumotlar va hisoblash usullariga qarab umumiy indekslar agregat va o‘rtacha indekslarga bo‘linadi. Umumiy in­dekslarning asosiy shakli bo‘lib agregat indekslar hisoblanadi.



Download 99.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling