Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija: kirish


YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash. Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar


Download 260 Kb.
bet3/8
Sana18.03.2023
Hajmi260 Kb.
#1282223
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija

1.2. YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash. Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar.

YAIMni daromadlar bo`yicha aniklashda yakuniy maxsulotni ishlab chikarish jarayonida rezident-ishlab chikarish birliklari tomonidan, ko`shilgan kiymatlar xisobidan, to`langan dastlabki daromadlar ko`shib chikiladi.


YAMMni daromadlari yigindisi ko`rinishida xisoblashda asosan kuyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliklar (Tn) – bilvosita soliklar(ko`shilgan kiymat soligi, aktsizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar xajmlari o`rtasidagi fark;
- yollanma ishchilarning ish xaklari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga xisoblagan barcha turdagi mexnat xaki to`lovlarining nominal mikdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish xaki fondiga nisbatan xisoblanib to`lanadigan ijtimoiy sugurta ajratmalari. O`zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish xaki fondiga nisbatan 31% bo`lgan bo`lsa. 2006 yildan boshlab 25 % kilib belgilandi
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik xajmdagi, uy xo`jaliklariga tegishli korxonalar bo`lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish xaki elementlari o`zaro ko`shilib ketgan bo`ladi. Bu xolat aralash daromad atamasini ko`llashga sabab bo`ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YAIMni daromadlar ko`rinishida yalpi ko`shilgan kiymatni ko`rsatilgan uch guruxga bo`lib topish mumkin:
YAIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar kayta taksimlanishi natijasida dividend, renta, to`gridan to`gri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko`rinishidagi daromadlar paydo bo`ladi.
SHuningdek, YAIMni daromadlar ko`rinishida aniklashda, iktisodiy nazariyada, daromadlarni kuyidagi komponentlarga bo`lish ko`zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
- bilvostia soliklar (T)
-yollanma ishchilarning ish xaklari (W)
- ijara xaki to`lovi va renta ko`rinishidagi daromadlar(R1);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1);
-korporatsiya foydasi (R2).
Korporatsiyalar foydasi o`z navbatida kuyidagilarga bo`linadi:
a) korporatsiyasi foydasidan to`lanadigan soliklar (R1.1);
b) xissadorlar o`rtasida taksimlanadigan dividendlar(R1.2);
v) korporatsiyaning taksimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko`ra:
YAIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblab topilgan YAIM xajmi o`zaro mos keladi. CHunki milliy iktisodiyot doirasida bir sub`ekt tomonidan kilingan xar kanday xarajat ikkinchi sub`ekt uchun daromad bo`lib tushadi.Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar.Milliy xisobchilik tizimiga ko`ra milliy iktisodiyot rivojlanishini taxlil etish uchun YAIM ko`rsatkichidan boshka yana bir kator ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko`rsatkichlar jumlasiga YAlpi milliy daromad (YAMD) ko`rsatkichi xam kiradi. Bu ko`rsatkich MXTning oldingi ko`rinishida xisoblangan YAlpi milliy maxsulot (YAMM) ko`rsatkichi bilan moxiyatan bir xil.
YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashkarisida, ishlab chikarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlangich daromadlari yigindisidir.
YAIM va YAMD ko`rsatkichlari o`rtasidagi farkni kuyidagi formula ko`rinishida tasavvur etish mumkin:
YAMD = YAIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo`natgan daromadlari.
YAIMva YAMD ning printsipal farklari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar okimini o`lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlangich daromadlarni o`lchaydi.
Sof ichki maxsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko`rsatkichlariYAIM va YAMD ko`rsatkichlaridan amortizatsiya (iste`mol kilingan asosiy kapital) summasi mikdoriga fark kiladi.
SIM = YAIM - A
SMD = YAMD - A
Makroiktisodiy taxlilda shuningdek MXTga kirmagan SHaxsiy daromad (SHD) ko`rsaikichi xam ko`laniladi.
SHD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sugurta ajratmalari) + T (bilvosita soliklar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliklar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taksimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to`lovlari (TR) + foizlar ko`rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko`rinishida axoli olgan daromadga davlat karzlari bo`yicha olingan foiz daromadlari xam kiritiladi.
SHaxsiy daromaddan axoli to`laydigan daromad soligi, mulk soligi va ayrim nosolik to`lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (SHTD) ko`rsatkichi topiladi.
SHTD uy xo`jaliklari tomonidan iste`mol (C) va jamgarish (S) uchun ishlatiladi.
SHTD =C + S

Makroiktisodiy taxlilda uy xo`jaliklarining SHTD va YAlpi milliy tasarrufdagi daromad (YAMTD) ko`rsatkichlari o`zaro farklanadi.


YAMTD= YAMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashkarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashkariga berilgan transfertlar)
YAlpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste`mol va milliy jamgarmish uchun ishlatiladi.
YAMTD= YAkuniy iste`mol +Milliy jamgarmalar
YAkuniy iste`mol uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlaridan tashkari xukumatning iste`molga xarajatlarini xam o`z ichiga oladi.


Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling