Masofadan zondlash va fotogrammetriya


Download 241.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2023
Hajmi241.54 Kb.
#1193945
Bog'liq
MASOFADAN ZONDLASH VA FOTOGRAMMETRIYA FANIDAN GLOSSARIY



“MASOFADAN ZONDLASH VA FOTOGRAMMETRIYA” 
FANIDAN GLOSSARIY. 
Fotogrammetriya - Fotogrammetriya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, foto-
yorug‘lik, gramma-yozuv, metrio-o‘lchayman degan ma’noni bildiradi. 
Yerni distantsion zondlash - Yer yuzasini turli xildagi s’yomka apparatlari 
bilan jihozlangan aviatsion va kosmik vositalar orqali kuzatmoq. 
Raqamli aerofotos‟yomka - Raqamli aerofotos’yomka zamonaviy 
topografik aeros’yomka sistemalar bilan, yuqori samaradorlikga ega bo‘lgan, 
geometrik, fazoli ruxsati va fotometrik sifati bilan tasvirlari bajariladi. 
Raqamli karta - Raqamli kartografik manba’lar, distantsion zondlash 
ma’lumotlariga fotogrammetrik ishlov berish raqamli ro‘yxatga olishning dala 
s’yomka ma’lumotlariga yoki boshqa usulda yaratilgan joyning andozasi. 
Deshifirovka - Deshifirovka (frantsuzchadan dechiffrer-sinchiklab tekshirib 
ko‘rmoq), yashirin yozuvni o‘qish, o‘qish matn, shartli belgilar belgilar bilan
shifrlar bilan berkitilgan yozuvlarni o‘qish shuningdek deshifrovka tasvirlari 
obyektlar joyini. Mavjud bo‘lgan yer ustidagi fotosurat. Aerosurat va kosmik 
suratlarni deshifrovkalash. 
Stereoeffekt - Joy rel’efini, mavjud obyektlarni, stereo juftliklarni kuzatish, 
avtostereogrammalar, stereosuratlar, stereotasvirlar va gologrammalar masofadan 
(ko‘rish orqali) sezish. 
Stereoskop - Fotosuratlarning stereoskopik kuzatish uchun mo‘ljallangan 
asbobdir. 
Distantsion zondlash - Ma’lum yoki xodisa bilan kontaktsiz ma’lumot 
yig‘ish. 
Aerofotos‟yomka jarayoni – Tayyorgarlik, suratga olish, olingan 
materiallarni dastlabki fotolaboratoriyada va fotogrammetrik qayta ishlash 
jarayoni. 
Reduktsiyalash - Fototirangulyatsiya qatorini belgilangan masshtabda 
yagona geodezik tizimga keltirish. 
Monokulyar ko‟rish - Bitta ko‘z bilan ko‘rish deyiladi. 


Binokulyar ko‟rish - Ikkita ko‘z bilan ko‘rish deyiladi. 
Aerofotos‟yomka - Samolyotda aerofotoapparat yordamida yerni suratga 
olish jarayoni. 
Loyihalash - Biror bir obyektni istalgan tekislikda tasvirini ko‘rish. 
Kosmik suratga olish - Yer, osmon jismlari va boshqa kosmik hodisalarni 
Yer atmosferasi tashkarisida turgan apparaturalar (Yer suniy yoʻldoshlari, kosmik 
kema va boshqalar) yordamida suratga olish. 
Operatsion logistika - transport vositalarini olib o‘tish ishlarini 
rejalashtirishni optimallashtirish uchun ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyati 
bilan kosmik tasvirlar asosida yo‘llar va ko‘chalarning xaritalarini tuzish. 
Chiziq - bu chegara, segment, zanjir yoki yoy. 
Vektorlashtirish - rastrli tasvirdan vektorli obyektlarni tanlash va ularni 
vektor formatida olish tartibi. 
Ruxsat - bitta piksel bilan ko‘rsatiladigan bo‘shliqning (sirtning) eng kichik 
maydonining minimal chiziqli o‘lchami. 
Ma‟nosi- rastrli elementda (piksel) saqlanadigan axborot elementi. 
Yo„nalish- shimolga yo‘nalish va rastr ustunlar orasidagi burchak. 
Zona- rastr modeli bir xil qiymatga ega bo‘lgan bir-biriga ulashgan 
hujayralarni o‘z ichiga oladi. 
Bufer zonasi- chegarasi xaritadagi har qanday obyektdan ma’lum masofada 
olib tashlanadigan maydon. 
Tasvir binarizatsiyasi - bitta rang gradatsiyasidan (bizning holatda kulrang) 
iborat tasvirni ikkilik tasvirga aylantirish jarayoni. 
Fuzzifikatsiya - tasvir ma’lumotlarini kodlash va buzilish - tasvirlarni 
noaniq usullar bilan qayta ishlashga imkon beradigan natijalarni dekodlash. 
Ko„p qavatli pertseptron - bu kirish qatlamini, neyronlarning bir yoki bir 
nechta hisoblash qatlamlarini va bitta chiqish qatlamini tashkil etuvchi bir nechta 
kirish tugunlaridan tashkil topgan suniy neyron tarmoq. 
Kosmik usullar - bu tasvir piksellarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan 
protseduralar. 


Tasvirni shakllantirish - bu video protsessor xotirasida joylashgan alohida 
elementlar majmuasi ko'rinishidagi tasvirni to‘g‘ridan - to‘g‘ri olish tartibi - 
matritsa yoki konturni tashkil etuvchi piksellar. 
Segmentatsiya - konturlarni ajratish va ularni ma’lum obyektlar bilan 
bog‘lash tartibi. 
Keskin niqoblash - bu aniqlik xayoli tufayli tasvirning ohanglari orasidagi 
o‘tish kontrastini oshirish orqali uning vizual idrokini yaxshilashga imkon 
beradigan usul.
 

Download 241.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling