Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija: kirish


yilda O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlar1


Download 91.93 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi91.93 Kb.
#1548172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija kirish

2013 yilda O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlar1



Milliy daromad – bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.
Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ;
YaMD = YaIM + horijdan olingan omilli daromadlar – horijliklarning ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari.
Shaxsiy daromad va milliy daromadning bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) - mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to’lovlariga - sug’urta tashkilotlari tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi.
Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni to’lagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar - daromad solig’i, xususiy molmulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat.
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi.
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi:

  • ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; - narxlar darajasi.

Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi:
-joriy yoki haqiqiy narxlar;

  • o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.

Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi tubdan farqlanadi.
Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda o’zi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi.
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi.
Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi.
Joriy yildagi bozor savatining bahosi shu yilning narxlarida
Joriy yil deflyatori = -----------------------------------------------------x 100 Joriy yildagi bozor savatining bahosi bazis yili narxlarida
Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam darajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilga qaraganda ko’tarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishi deflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning ta’sirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.
Nominal YaIM
Real YaIM = -------------------------- x 100 %
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. N.A.Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi. Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.

XULOSA
Mamlakatning makroiktisodiy xolati ko`rsatkichlar tizimi orkali baxolanadi. Makroiktisodiy taxlilda YAIM, YAMD, SIM, SMD, SHD, SHTD, YAMTD, S ,S, INI,YAIM deflyatori kabi ko`rsatkichlardanfoydalaniladi.
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma`lum muddat davomida ishlab chikarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baxolarininng umumiy yigindisidan iborat.
YAIMni xisoblashning ishlab chikarish, yakuniy iste`mol va taksimot usulari mavjud bo`lib, ulardan dastlabki ikki turi keng ko`llaniladi.
YAIMni xisoblashda bir kiymatni ikki kayta xisoblashga yo`l ko`ymaslik uchun uni ko`shilgan kiymatlar yigindisi ko`rinishida xisoblanadi. Bu usul YAIMni xisoblashning ishlab chikarish usuli deyiladi.
YAIMni xarajatlar ko`rinishida to`rt guruxdagi xarajatlar - iste`mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yigindisi orkali xisoblanadi.
Xar uchala usulda xisoblangan YAIM ko`rsatkichi xajmi statistik xatolar istisno etilganda o`zaro teng bo`ladi.
Milliy xisobchilik tizimining barcha ko`rsatkichlarini xisoblashning uslubiy bazasi bitta bo`lgani uchun ularni o`zaro takkoslash imkoni mavjud.
Makroiktisodiy taxlilda YAIM ko`rsatkichi bilan birgaYAMd ko`rsatkichidan xam foydalaniladi. YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashkarisida, ishlab chikarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlangich daromadlari yigindisidir.
Soddalik uchun YAIM yalpi ishlab chikarish, YAMD esa yalpi daromad deb xam yuritiladi.
Nominal YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlar xajmini joriy narxlarda, real YAIM esa doimiy narxlarda baxolaydi. SHunday kilib, real YAMM xajmi fakatgina ishlab chikarish xajmi o`sishi bilan oshadi, nominal YAMM esa tovar va xizmatlar baxo darajasining o`sishi natijasida xam oshishi mumkin. Milliy ishlab chikarish va daromad xajmining real o`zgarishini aniklash uchun baxolar indekslaridan: YAIM deflyatori va INI ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.

Download 91.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling