Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash Reja


Download 33.24 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi33.24 Kb.
#1521132
Bog'liq
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash


Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash
Reja:
1. Iqtisodiy faoliyat mazmuni mohiyati va turlari
2. Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari va iqtisodiy o’sish
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Iqtisodiyo faoliyat mazmuni mohiyati va turlari


Kishilar yashashlari siyosat, san'at, adabiyot, fan, ma'rifat , ma'daniyat , ta'lim bilan shug‘ullanishlari uchun xayotiy ne'matlarini iste'mol qilishlari qoniqishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat xayotiy vositalar zarur. Xar bir kishi o‘zining kundalik xayotida bir qancha , ya'ni xayotiy extiyojlari -kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ea bo‘lishi, bilim olish kabi extiyojlari uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan , nima xisobiga topishi kerak degan muammolarga duch keladi. Ana shu oldimizda turgan muammolarni yechish va o‘z talablarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda soxalarda faoliyat ko‘rsatadilar.
Iqtisodiyot faoliyati nima?
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir –biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli –tuman faoliyatlarini yaxlit qilib, (birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, iqtisodiyot deb ataladi) bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi.Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuing uchun iqtisodiyot degani uy-xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari tushunilgan. Xozirda esa iqtisodiyot degani faqat uy xo‘jaligi, ya'ni indivudial xo‘jalikdan , moliya va xususiy xjalik, jamoa, xissadorlik jamiyati, davlat xo‘jaliklaridan, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lib,juda murakkab organizm xisoblanadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari , iste'mol tovarlari xammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, axoliningto‘xtovsiz o‘sib boruvchi extiyojlarini qondirish maqsadida erishish, resurslar va maxsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab , turli davrlarda va turli mamakatlarda iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Uning quyidagi turlari ajratiladi:
An'anaviy iqtisodiyot
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan
Bozor iqtisodiyoti
Qamrov darajasiga qarab xam iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, jaxon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyoti, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodyoti, oila iqtisodiyoti. Ba'zan ularni yaxlitlashtirib , makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi.
Iqtisodiyotning bu turlari darajali, shakllari, qanday bo‘lishidan qat'iy nazar ularning xammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u xam bo‘lsa, insoniyatning yashashi, ko‘payishi, va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil xayotiy vositalarni yaratib , ularni extiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Xulosa shuki, iqtisodiyot inson xayotining asosini , uning poydevorini tashkil etib, o‘zi esa insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga xam ega emas.
Inosniyatning iqtisodiyotidagi roli uning tabiatidagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan ya'ni ongli ravishda ma'lum maqsadga qarab ijodiy mexnat olish qobiliyati bilan belgilanadi. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar, xizmatlarning resurslarining xarakati bo‘yicha iqtisodiyot turli fazalardan- ishlab chiqarish , ayirboshlash , taqsimlash va iste'mol jarayonlarining birlishidan iboratdir. Bularning ichida asosiysi vaboshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki xamma tovarlar va xizmatlar shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarish bo‘lmasa, taqsimlanadaigan ayirboshlanadigan va nixoyot, iste'mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Shunday qilib tovar va resusrlar xarakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.
Kishilarning xo‘jalik faolichyati juda murakkab va chalkash turli tuman xodisalar va jarayonlar majmuidan iborat bo‘lib , unda iqtisodiy nazariya to‘rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish , taqsimot, ayirboshlash va iste'mol. Ishlab chiqarish – bu insonning xayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayonidir.
Taqsimot- xar bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt maxsulot ishlab chiqarishda ishtirok etganligi ulushini (miqdori, proporsiyalar) aniqlash jarayonidir. Ayirboshlash- moddiy ne'matlar va xizmatlarni bir sub'ektdan boshqasiga xarakat qilish jarayoni, ne'matlarni ijtimoiy ayirboshlashni aks ettiruvchi , ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar shaklidir. Istemol- ma'lum extiyojlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish jarayonidir. Bu barcha bosqichlar o‘zaro bog‘liqlikda va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar.
Maxsulotlar va xizmatlar turli tuman bo‘lishiga, tez ko‘payib borishiga qarmasdan, bu ne'matlar ishlab chiqarish extiyojlarini : jamiyatning ishlab chiqarish extiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan bo‘linadilar: ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlariga.
Shunga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish xam ikki bo‘linmaga bo‘linadi: (ajraladi):
bo‘linma ,ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish
bo‘linma, iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish.
Insonlarning extiyojlarini qondiruvchi ne'matlar va xizmatlar ijtimoiy ishlab chiqarishning turli soxalari va tarmoqlarida yaratiladi. “Ijtimoiy ishlab chiqarish” deganda butun jamiyat, ya'ni makroiqtisodiy miqyosda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish bir –biri bilan bog‘liq ikki soxadan iborat:
Moddiy ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish.

1.1. 1-rasm



Moddiy ne'matlarni
ishlab chiqarish

Moddiy
ishlab
chiqarish

Moddiy xizmatlarni
ishlab chiqarish




Nomoddiy xizmatlarni
ishlab chiqarish

Nomoddiy
ishlab
chiqarish

Nomoddiy xne'matlarni
ishlab chiqarish

Xizmat ko‘rsatish soxasi Ijtimoiy ishlab chiqarishning tuzilishi.

Moddiy ishlab chiqarish

Nomoddiy ishlab chiqarish

Moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish

Moddiy xizmatlarni ishlab chiqarish

Nomoddiy xizmatlarni ishlab chiqarish

Nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarish uchun moddiy xizmatlarni ishlab chiqarish



Axoli uchun moddiy maishiy xizmatlarini ishlab chiqarish

Ijtimoiy madaniy xizmatlarni ishlab chiqarish

Xizmat ko‘rsatish soxasi.


Ijtimoiy soxa Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo‘lishi kerak. Uning uzluksuzligini takror ishlab chiqarish jarayoni ta'minlab beradi. Takror ishlab chiqarish tabiatan ikki xil bo‘ladi: oddiy va kengaytirilgan. Oddiy takror ishlab chiqarishdan yil sayin yalpi ishlab chiqarish xajmi o‘zgarmaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda yil sayin yalpi milliy maxsulot xajmi ortib boradi. Jamiyat taraaqqiyoti uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarish muxim axamiyatga egadir. Yalpi milliy maxsulot qancha ko‘p bo‘lsa, axolining turmush darajasi shunchalik ortib boradi. Yaratilgan yalpi milliymaxsulot bir qismi jamiyat a'xolarining shaxsiy eyoxtiyojiga qolgan qismi ishlab chiqarishni yangilash va rivojlantirish uchun ishlatiladi. Investitsiya tabiatan ikki xil bo‘ladi: yalpi investitsiya va sof investitsiya Yalpi investitsiya –ishlab chiqarishni yangilash uchun yo‘naltirilgan investitsion tovarlardan tashkil topadi.
1.2 Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari va iqtisodiy o’sish
Jamiyat faoliyatining o‘rta muxim jixati bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jaryonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, maxsulotlardan va xizmatlardan iborat xayotiy ne'matlar yaratiladi. Tabiat inomlari va kuchlarini inson extiyojlarini qondirish uchun moslashtirishdan iborat iqtisodiy jarayon-ishlab chiqarish deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun ishlab chiqarish omillariga (resurslariga) ega bo‘lish zarur. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mexnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir, lekin ishchi kuchi insonning o‘zi xam ya'ni , uning mexnati xam emas, balki qobiliyatidan iboratdir. Mexnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mex'nat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi. (mashinalar, stanoklar, tarktorlar, uskunalar va b).
Mexnat predmetlari esa bevosita mexnat ta'sir qiladigan, ya'ni maxsulot tayyorlanadigan narsalardir.(yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mexnat predmetlari tabiatda tayyor xolda uchrashi mumkin, ya'ni oldingi davrdagi mexnat maxsuloti ya'ni xomashyo tarzida bo‘lishi mumkin. Mexnat qurollari va mexnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mexnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi. Shunning uchun xam ishlab chiqarish vositalari xamma ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining xamma bosqichlari uchun xosdir. Xozirgi fan texnika taraqqiyoti davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mexnat predmetlarining axamiyati ortib bormoqda. Materiallarning tabiatda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqiqyotini xamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta'rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani tarixida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etilib kelindi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasini asoslab ularga yer , kapital va mexnatni kiritgan. Ularning o‘zaro ta'siri asosida ishlab chiqarish voqye ekanligini qayd etgan. K.Marks ta'limoti xam ishlab chiqarishning 3 omili birligidan kelib chiqadi. Keyin ularni ish kuchi , mexnat predmetlari va vositalari deb ataydi. Xozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg‘a surib, ularga yer, kapital, mexnat va nixoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Turli nazariya namoyondalari ishlab chiqarish omillarini mavjudligidan kelib chiqadilar, lekin ularga talqin berishda xar xil jixatlarni asos qilib oladilar.
Marksizm ta'limotida mazkur omillarning sotsial shakligi qayta e'tibor beriladi, ularning ekspluatatsiya qositalari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e'tiborga olinadi. Boshqa ta'limotlarda omillarning umuman ishlab chiqarishdagi o‘rni baxolanib , ularning sotsial shakli nazarga olinmaydi. Mana shu jixat umuminsoniy, uni marksizm xam inkor etmagan. Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyatiga qaralishi uning shaxsiy insoniy va moddiy ashyoviy omillarini borligini aytib o‘tish kerak. Ish kuchi - bu insonning mexnat qilishiga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soxibi xar bir mexnatga layoqatli kishidir. Jamiyatda mexnatga qobiliyatli kishilar uning resurslarini tashkil etadi.
Axoli uch guruxga ajratiladi.
Mexnat yoshiga yetmaganlar, ya'ni bo‘lg‘usi mexnat resurslari. Bunga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar kiradi.
Mexnat yoshidagilar, ya'ni amaldagi mexnat resurslari. Bunga 16-59 yoshdagilar kiradi.
Mexnat yoshidan chiqqanlar. Bunga 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar kiradi.
Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo‘lmaydi. Ish kuchi soxiblari bilim, malaka, maxorat va ish tajribasining xam soxiblari bo‘ladilar. Shundagina ular ishlab chiqarish jarayonidagi maxsulot va xizmatlarni yaratuvchi kuch bo‘la oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifatiy o‘lchami bor. Jamiyatning qancha noz-ne'matlar yarat olishi mana shu ikki jixtaga bog‘liqdir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili xisoblanadi. (chunki inson mexnatsiz, uning ishtirokisiz, eng mukammal mashinalari bo‘lganda xam, tirikchilikning buyumlarini yaratib bo‘lmaydi). Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ishlab chiqarish uchun moddiy shart sharoit talab qilinadi. Ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari xam borki, ularga boyliklar, yaratilgan ashyolar (mexnat predmetlari) va nixoyat mexnat vositalari qurollari kiradi. Ishlab chiqarish xar doim tabiatga tayangan. yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga materiallar yetkazib beradi. Uning uchun moddiy sharoit vazifasini o‘tagan. Tabiat in'omi bo‘lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli maxsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish omillari ma'lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil unsurlardan iborat, bu unsurlar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir - biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddyi ashyoviy omillar shaxsiy - insoniy omil bilan birikgan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi. Xayot ne'matlari yaratiladi.
Ular:
1. Moddiy maxsulotlardan
2. xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin:


Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:
Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi.

O`zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.


O`zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O’zbekiston-Janubiy Koreya, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim;
Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur.
Sharqiy Osiyo davlatlari bilan investitsion hamkorlik ham yildan-yilga rivojlanmoqda. O`zbekistonga kiritilayotgan sarmoyaning katta qismi aynan shu davlatlar mablag`lariga to`g`ri kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.- T.:O’zbekiston, 2017-yil
2.O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” to’g’risida (yangi tahriri)gi qonuni. 26.05.2000 yil
3.O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni.
4. I.A.Hamedov, A.M.Alimov. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari. – T. O’zbekiston, 2008.
5. Taraqqiyot va hamkorlik yo’llarida: O’zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasi. –T.:O’zbekiston, 1993. –376 b.
6. G.G’.Nazarova, Z.M.Iminov. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
7. Shodmonov I.Alimov. R.Jo‘raev T. “Iqtisodiyot nazariyasi ” T. 2002y. 2.16-boblar.
8. Shodmonov I. Jo‘raev T. “Iqtisodiyot nazariyasi” T. 2000y. 7,13-boblar
9. “Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T.Universitet 2002 y. 7-13- boblar
10. N.Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.
11. O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.
Download 33.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling