Iqtisodiy muvozanatlik qonuni va uning amal qilish mexanizmlari reja


Iktisodiy mutanosiblik va uning turlari


Download 27.09 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1403380
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiy muvozanatlik qonuni

3. Iktisodiy mutanosiblik va uning turlari.
Milliy iktisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va soxalari o`rtasida mutanosiblik bo`lishini takozo kiladi.
Ikgisodiy mutanosiblik - iktisodiyotning turli tomonlari va soxalari o`rtasida mikdor va sifat jixatdan ma`lum moslik bo`lishidir. Bunda tengaik bo`lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo`lishi mumkin.
Makroikgisodiy jarayon goyat murakkab va ko`p kirrali bo`lishi sababli mutanosiblik turlari xam ko`p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning kuyidagi guruxlari tarkibiga kiritish mumkin.
1)Umumiktisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy kismlar: iste`mol fondi va jamgarish fondi o`rtasidagi: iktisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o`rtasidagi: axolining daromadlari bilan xarajatlar o`rtasidagi mutanosibliklarni misol kilib ko`rsatish mumkin.
2) Tarmoklararo mutanosibliklar. Milliy iktisodiyotning muvozanatini ta`minlashda tarmoklararo mutanosibliklar aloxida o`rin tutadi. Mamlakat xalk xo`jaligi juda ko`p tarmok va soxalardan iborat bo`lib, ularning rivojlanishi bir-birini takozo kiladi. Bir tarmokda yaratilgan maxsulot boshka tarmoktsa iste`mol kilinadi yoki pirovard maxsulotga aylantirilib o`z iste`molchisini topadi. Masalan, kishlok xo`jalik maxsulotlarning ko`pchilik kismi /paxta, galla, pilla, sut va x.k./ sanoatning tegishli tarmoklarida kayta ishlanib, pirovard maxsulotga aylantiriladi va iste`molchilik tovarlari bozoriga chikariladi. Uz navbatida sanoatning ishlab chikarish vositalari yaratadigan soxalarining maxsulotlari xalk xo`jaligining boshka tarmoklari /kipglok xo`jaligi, kurilish va x. k./da unumli iste`mol kilinadi. Bu ularning bir-biriga bogliklikda rivojlanishini takozo kiladi. Tarmoklararo mutanosibliklarga sanoat bilan kishlok xo`jaligi va xalk xo`jaligining boshka tarmoklari o`rtasidagi mutanosibliklar misol bo`ladi.
3) Tarmok ichidagi mutanosibliklar. Tarmoklararo mutanosiblik va milliy ishlab chikarish darajasidagi muvozanatlik tarmoklar ichidagi mutanosiblik orkali ta`minlanadi. Tarmoklar ichidagi mutanosiblik aloxida olingan tarmok tarkibidagi soxa va ishlab chikarishlar o`rtasidagi bogliklikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chikarish vositalari va iste`mol buyumlari ishlab chikaradigan soxalari, kishlok xo`jaligining dexkonchilik va chorvachilik soxalari o`rtasidagi mutanosibliklar va x. k. SHu bilan birga ta`kidlab o`tilgan soxalarning ichidagi tarkibiy bo`linmalar o`rtasida xam bogliklik bo`lishi zarur. Masalan, sanoatning kazib olish va kayta ishlash tarmoklari, chorvachilikning sut va go`sht ishlab chikarish soxalari o`rtasida va boshkalar
4) Xududiy (territorial) mutanosibliklar. Iktisodiy rivojlanish mamlakat ayrim xududlari o`rtasidagi bogliklikni xam takozo kiladi. YUzaki karaganda xududlar o`rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iktisodiy rivojidagi roli to`lik namoyon bo`lmaydi. Lekin aloxida xududiy bo`linmalar (viloyat, tuman, shaxar va boshka xududiy birliklar) ning bir-biriga iktisodiy va tashkiliy jixatdan boglikligi, ixtisoslashish, ishlab chikarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuktai-nazaridan karalsa, bu bogliklikning axamiyati yakkol ko`rinadi.
5) Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki xolat takozo kiladi. Birinchidan, dunyoning ko`pchilik mamlakatlari xalkaro mexnat taksimoti orkali bir-biri bilan boglangan, ikkinchidan, shu boglikdik orkali milliy ishlab chikarishning bir kismi chet elliklar tomonidan xarid kilinadi yoki milliy ishlab chikaruvchilar o`z iste`molining bir kismini chetdan keltirilgan maxsulotlar xisobiga kondiradi. Bu bogliklik kanchalik katta bo`lsa, sof eksport xajmi orkali makroiktisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta`sir ko`rsatadi.
Karab chikilgan mutanosibliklarga erishish orkali milliy ishlab chikarishning muvozanatli rivojini ta`minlab borishdan kuyidagilar ko`zda tutiladi:
■ Mamlakatda mavjud bo`lgan iktisodiy resurslardan samarali foydalangan xolda jamiyatning extiyojlarini to`larok kondirib borish.
■ To`la bandlilikka erishish, ya`ni mexnat kilishga layokatli bo`lgan va ishlashni xoxdaganlarni to`lik va samarali ish bilan ta`minlash.
■ Narx-navoning nisbiy barkarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta`siridan xoli kilish.
■ Iktisodiyotning bir maromda o`sib borishini etarli darajada investitsiya bilan ta`minlash va muomaladagi pul massasiga boglab borish.
■ eksport va importni muvofiklashtirish asosida tashki savdo balansining faolligiga erishish.
Bu maksadlar fakatgina ularga intilish bo`lib, bunga erishish mukarrar ekanligini bildirmaydi. CHunki mutlok muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va kaytadan tiklanib turishi orkali iktisodiy o`sish notekis boradi.
Asosiy adabiyotlar

  1. Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 125-134 b.b.

  2. Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika/ Pod redaktsiey

Gryaznovoy A.G. i Dumnoy N.N. M., KNORUS, 2005., 227-257 s. s.

  1. Saidova G., SHadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «SHark» 2003, 49-51 s.s.

Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling