Iqtisodiy nazariya
Download 1.31 Mb.
|
Микроиктисод
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda bozor iqtisodiyotdagi asosiy jarayonlarni, quyi tizimdagi korxona, firma, tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatining muhim jihatlari bo‘yicha nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda fanning vazifasi sifatida talabalarga ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol jarayonida iqtisodiy sub’ektlarning bozorga xos xatti-harakatlarini, ular orasidagi munosabatlarni o‘rgatish belgilangan.
«Mikroiqtisodiyot» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr milliy iqtisodiyot amal qilishining mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo‘jaligi faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma’ruza materiallarini o‘zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotiga oid nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo‘jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo‘nalishlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. “Mikroiqtisodiyot” umumiqtisodiy fan bo‘lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o‘rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. ToshDSHI XMI va mamlakatshunoslik fakultetida o‘quv rejasiga ko‘ra “Mikroiqtisodiyot” fani talabalarga 2 kursning 1-semestrida jami 64 soat o‘qitilib, shundan 20 soat ma’ruza, 18 soat amaliy hamda 26 soat mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridir. Ma’ruzalar kursida jami 9 ta mavzu materiallari jamlangan bo‘lib, mazkur ma’ruzalar kursini tayyorlashda yangi ta’lim texnologiyalari, ularni qo‘llash bo‘yicha mamlakatimizning yetakchi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari tajribasidan foydalanildi, ularning uslubiy tavsiyalari inobatga olindi2. Shuningdek, qo‘llanmani tayyorlashda ma’ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalari hisobga olindi, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni ToshDShIda o‘qitish xususiyatlari e’tiborga olindi, hamda mualliflarning o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanildi. Talabalarning «Mikroiqtisodiyot» fanini dastur doirasida yetarli saviya va darajada o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda, fan bo‘yicha bilim berishda va o‘qitishda ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to‘plamlar materiallari ishlatiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling