Iqtisodiy nazariya
Download 1.31 Mb.
|
Микроиктисод
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.Xolmatov, N.Imomova. «Mikroiqtisodiyot» fanidan ma’ruzalar kursi. – T.: ToshDSHI, 2012, 121 bet.
- Muharrir: Taqrizchilar: O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n. N.Majidov
- G.G‘ulomova © Toshkent davlat sharqshunoslik institute, 2012 KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI “IQTISODIY NAZARIYA” KAFEDRASI N.XOLMATOV, N.IMOMOVA MIKROIQTISODIYOT Toshkent – 2012 N.Xolmatov, N.Imomova. «Mikroiqtisodiyot» fanidan ma’ruzalar kursi. – T.: ToshDSHI, 2012, 121 bet. Ushbu ma‘ruzalar kursi bozor islohotlari sharoitda bozor mexanizmi amal qilishi, tadbirkorlik sub’ektlarining hatti-harakatlari, uy, korxona va davlat xo‘jaligining faoliyati xususiyatlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari, makroiqtisodiy vaziyat va uning barqarorligini ta’minlash muammolarini ilmiy-nazariy o‘rganish, bu borada iqtisodiy tafakkurni kengaytirish hamda mukammallashtirish, talabalarda tegishli darajada amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti, vazifalari va metodi, bozor mexanizmi va uning elementlari: talab, taklif va narx muvozanati, talab va taklif elastikligi, iste’molchilarning bozordagi xatti-harakati, ishlab chiqarish, texnologiya va ishlab chiqarish funksiyasi, ishlab chiqarish xarajatlari, bozor tarkibining tahlili, mukammal raqobat modeli, sof monopoliya, nomukammal raqobat: oligopoliya va monopol raqobat kabi mavzularni qamrab oladi. Ushbu maxsus kurs TDSHI XMI va M fakulteti talabalari, shuningdek mikroiqtisodiyot muammolari bilan qiziquvchilar uchun foydali qo‘llanma hisoblanadi. Muharrir: Taqrizchilar: O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n. N.Majidov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti ilmiy kotibi i.f.n., dots. G.G‘ulomova © Toshkent davlat sharqshunoslik institute, 2012 KIRISH O‘zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dasturning amaliy ahamiyatiga e’tibor qaratib, Prezidentimiz Islom Karimov “Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, pirovardida o‘quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir”, deb ta’kidladilar1. Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o‘rinliki, talabalarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish, mavjud o‘quv adabiyotlari tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Bunday sharoitda bozor mexanizmi amal qilishi, tadbirkorlik sub’ektlarining hatti-harakatlari, uy, korxona va davlat xo‘jaligining faoliyati xususiyatlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari, makroiqtisodiy vaziyat va uning barqarorligini ta’minlash muammolarini ilmiy-nazariy o‘rganish, bu borada iqtisodiy tafakkurni kengaytirish hamda mukammallashtirish, talabalarda tegishli darajada amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga erishish lozim. Shu bilan birga “Mikroiqtisodiyot” fani predmetini chuqur o‘rganish, bozor iqtisodiyotining nazariy asoslari, qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish, nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg‘ab olish, makroiqtisodiy jarayonlarning global va lokal masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda ushbu fanning ob’ekti kengayadi, predmeti toraymaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling