3.Optimal ishlab chiqarish xajmini tanlab olish.
Monopolist korxona yoki firma o‘z mahsulotining yagona ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi bo‘lsa ham narxlarni o‘z-o‘zicha belgilay olmaydi, chunki bozorda u yagona iste’molchi talabiga emas, bozor talabiga duch keladi. Bozordagi talab narx ortib boraversa, pasayib ketishi mumkin. Shuning uchun monopolist firma optimal ishlab chiqarish xajmini ishlab chiqishi lozim. Bu ishlab chiqarish xajmi o‘tgan mavzuda ta’kidlanganidek, chekli daromad bilan chekli xarajat bir-biriga teng bo‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti. Bu holatni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Narx, P
|
Miqdor, Q
|
Yalpi daromad, TR
|
Chekli daromad, MR
|
10
|
1
|
10
|
10
|
9
|
2
|
18
|
8
|
8
|
3
|
24
|
6
|
7
|
4
|
28
|
4
|
6
|
5
|
30
|
2
|
Monopolist firma ishlab chiqarish xajmini faqatgina unga bo‘lgan narxni pasaytirish evazigagina oshirishi mumkin, chunki narxning oshishi natijasida uning mahsulotiga bo‘lgan bozor talabi pasayib ketadi. Sof monopoliya sharoitida bozordagi narx xar doim ishlab chiqarish xajmidan yuqori bo‘ladi. Buning oqibatida ishlab chiqarish oxiriga yetkazilmaydi, resurslar samarali taqsimlanmaydi, iste’molchilarning talabi yuqori darajada qondirilmaydi.
Bunday xolatlarda narx diskriminatsiyasidan foydalaniladi, ya’ni turlicha narx belgilash siyosati amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |