Iqtisodiy nazariya


Download 1.31 Mb.
bet1/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1624406
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Микроиктисод


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

IQTISODIY NAZARIYA” KAFEDRASI




N.XOLMATOV, N.IMOMOVA
MIKROIQTISODIYOT

Toshkent – 2012
N.Xolmatov, N.Imomova. «Mikroiqtisodiyot» fanidan ma’ru­za­lar kursi. – T.: ToshDSHI, 2012, 121 bet.
Ushbu ma‘ruzalar kursi bozor islohotlari sharoitda bozor mexa­nizmi amal qilishi, tadbirkorlik sub’ektlarining hatti-harakatlari, uy, korxona va davlat xo‘jaligining faoliyati xususiyatlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari, makroiqtisodiy vaziyat va uning barqarorligini ta’minlash muammolarini ilmiy-nazariy o‘rganish, bu borada iqtisodiy tafakkurni kengaytirish hamda mukammallashtirish, talabalarda tegishli darajada amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirish­ga yo‘naltirilgan bo‘lib, “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti, vazifa­lari va metodi, bozor mexanizmi va uning elementlari: talab, taklif va narx muvozanati, talab va taklif elastikligi, iste’molchilarning bozor­da­gi xatti-harakati, ishlab chiqarish, texnologiya va ishlab chiqarish funksiyasi, ishlab chiqarish xarajatlari, bozor tarkibining tahlili, mu­kammal raqobat modeli, sof monopoliya, nomukammal raqobat: oli­go­poliya va monopol raqobat kabi mavzularni qamrab oladi.
Ushbu maxsus kurs TDSHI XMI va M fakulteti talabalari, shu­ning­dek mikroiqtisodiyot muammolari bilan qiziquvchilar uchun foy­dali qo‘llanma hisoblanadi.


Muharrir:


Taqrizchilar:
O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n. N.Majidov
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti ilmiy kotibi i.f.n., dots. G.G‘ulomova
© Toshkent davlat sharqshunoslik institute, 2012


KIRISH
O‘zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integ­ratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xu­su­san, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor trans­formatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlani­shi­da o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslar­dan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarga mo‘l­jal­langan Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish dasturi amalga oshiril­moqda. Bu dasturning amaliy ahamiyatiga e’tibor qaratib, Prezidenti­miz Islom Karimov “Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’­lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihoz­lash, pirovardida o‘quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir”, deb ta’kidladilar1. Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o‘rinliki, talabalarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish, mavjud o‘quv adabiyotlari tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish davr talabiga aylanmoqda.
Bunday sharoitda bozor mexanizmi amal qilishi, tadbirkorlik sub’­ektlarining hatti-harakatlari, uy, korxona va davlat xo‘jaligining faoliyati xususiyatlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalish­lari, mak­roiqtisodiy vaziyat va uning barqarorligini ta’minlash muam­molarini ilmiy-nazariy o‘rganish, bu borada iqtisodiy tafakkurni ken­gaytirish ham­da mukammallashtirish, talabalarda tegishli darajada amaliy ko‘nik­malarni ham shakllantirishga erishish lozim. Shu bilan birga “Mikro­iqtisodiyot” fani predmetini chuqur o‘rganish, bozor iq­tisodiyotining na­zariy asoslari, qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish, na­zariy yondoshuv­larning amaliy jihatlarini ilg‘ab olish, makro­iqtisodiy jarayonlarning global va lokal masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda ushbu fanning ob’ekti kengayadi, predmeti toraymaydi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling