Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti
Download 90.56 Kb.
|
iqtisodiy o\'sish Feruza
Intellektual mulk va capital
Intellektual mulk obyektlarini boshqarishda, vujudga kelgan muammolarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiy kategoriyalarning o‘rni katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda bo‘lgani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq, himoya obyektlarining nomoddiyligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi, ya’ni intellektual mulk qancha iste’mol qilinmasin, u tugamaslik tavsifiga ega bo‘lib qolaveradi. Agar siz biror bir mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi. Mabodo siz o‘zgalarning intellektual faoliyati natijalariga egalik qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham. Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz, ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Intellektual mulk huquqiga oid qonunchilik tarixan ikki yo‘nalishda rivojlanib kelgan: 1) mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik va 2) sanoat mulki to‘g‘risidagi qonunchilik. Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq, sanoat mulki tushunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan qo‘llaniladi, balki keng ma’noda qishloq xo‘jaligi, undiruvchi sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan: sharob, g‘alla, meva, qoramol, foydali qazilmalar, mineral suvlar, gullar, un kabi barcha mahsulotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, “sanoat mulki” atamasi yetarlicha shartli hisoblanadi va intellektual mulkning ishlab chiqarishda (faqat sanoatda emas) foydalanilayotgan bir qismini ifoda etadi. Bular ixtiro patentlari, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgiladi, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovarlarning kelib chiqish joy nomlari kabilar bo‘lishi mumkin. 1970-yillardan boshlab sanoat mulkining zamonaviy konsepsiyasi “nou-xau” ni o‘z ichiga qamrab ola boshladi, so‘nggi paytlarda seleksiya yutuqlari va integral mikrosxemalar topologiyasini ham ular tarkibiga kiritish holati kuzatilmoqda. Ta’kidlash joizki, sanoat mulki obyektlari va mualliflik huquqi obyektlari innovatsion faoliyat mahsulotlariga bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotni innovatsion tarzda rivojlantirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha harakatlar rejasiga muvofiq, “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonun loyihasini tayyorlashning zaruriyati bir necha sabablarga asoslangan. Birinchidan, foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli obyektlar doirasini kengaytirish. Ikkinchidan, muallifning patent olish uchun talabnoma topshirish hamda sanoat mulki obyektidan foydalanish tartibini aniqlashtirish. Uchinchidan, talabnoma beruvchiga uning istagi bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berish. To‘rtinchidan, talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘iga patent berish jarayonini tezlashtirish hamda patent berish muddatlarini qisqartirish. Beshinchidan, talabnoma beruvchiga seleksiya yutug‘iga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniyatini berish hamda intellektual mulk muhofazasini ta’minlash. Oltinchidan, tovar belgisiga doir guvohnomani berish muddatlarini aniqlashtirish. Intellektual mulk instituti mazkur mulk obyektlariga intellektual mulk huquqlarining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu huquqlar qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilar: uchinchi shaxslarga nisbatan mutlaq tavsifga ega bo‘lishi; u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi; amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi. Intellektual mulk huquqining mutlaq tavsifga ega bo‘lishi shunda ko‘rinadiki, u mulkdorning roziligisiz o‘zgalarning intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yib bergan har qanday shaxsning harakatlariga nisbatan qarshi chiqadi. Intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan intellektual huquqlar mutlaq (mulk) huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Moddiy naf olish imkonini beruvchi mutlaq huquq: eng avval intellektual faoliyat natijalarining muallifida vujudga keladi; qonunga muvofiq shu huquqni qo‘lga kirittivchida paydo bo‘ladi; davlat ro‘yxatiga olingan taqdirda u himoyalanadi; Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari ma’lum bir muddat davomida amalda bo‘ladi; huquq egasiga intellektual faoliyat natijalaridan qonunga zid bo‘lmagan tarzda va o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, boshqa shaxslar tomonidan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanilishiga ruxsat berish yoki foydalanishni taqiqlash imkoniyatini beradi; huquq egasiga litsenziya shartnomasi asosida intellektual faoliyat natijalaridan boshqa shaxsning foydalanishi uchun ruxsat berish huquqini beradi; intellektual faoliyat natijalari ifodalangan moddiy tashuvchilarga mulk huquqi bilan bog‘liq emas. Shaxsiy nomulkiy huquqlar doimo muallif bilan qoladi, ular ko‘chirilmaydi, meros qoldirilmaydi va abadiy himoyalanadi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar qatoriga mualliflik huquqi, nomga mualliflik huquqi, asarning daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99-moddasida shaxsiy nomulkiy huquqlar to‘g‘risida quyidagilar keltirib o‘tiladi: “Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin. Intellektual mulk to‘g‘risida gapirar ekanmiz, muallif va huquq egasi institutlarini farqlab olishimiz talab etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 23-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida muallifga — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan shaxs, deb ta’rif berilgan. Huquq egasiga esa mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rIari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo’yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar sifatida tushuntirish berilgan. Download 90.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling