Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti


Mualliflik huquqi va mualliflik huquqi obyektlari


Download 90.56 Kb.
bet9/9
Sana18.10.2023
Hajmi90.56 Kb.
#1709237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy o\'sish Feruza

Mualliflik huquqi va mualliflik huquqi obyektlari
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mualliflik huquqining obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi. Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallif hisoblanadi. Asar imzosiz yoki tahallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning tahallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno0, asarni chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan nashir, agar boshqa dalillar bo‘lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o‘zining muallif ekanligini ma’lum qilguniga qadar amalda bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, quyidagilar mualliflik huquqining buzilishi deb, e’tirof etiladi :

  • mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;

  • ijrochining ismi-sharifga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilinishidan himoya qilish huquqlarini buzish;

  • huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;

  • haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

  • asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha olingan huquqlarni oshirib yuborgan holda foydalanish;

  • huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.

Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nushalari kontrafakt nushalardir.
Download 90.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling