Iqtisodiy o'sish
Turli mamlakatlarning iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi
Download 1.54 Mb.
|
iqtsodiy o\'sishni tushunish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy osish omillari
- Bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari
Turli mamlakatlarning iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari va hozirgi iqtisodiy darajasi
Jon boshiga hisoblangan real YalM bu iqtisodiyot ehtiyojini qondirishga naqadar qodir ekanligini bildiradi. Buni aniqlash uchun YalM hajmi aholi soniga bo'linadi. YalM hajmi ko'p boigani bilan, agar aholi ham ko'p bo'lsa jon boshiga YalM kam bo'ladi. YalM hajmi kichik bo'lgani holda aholi soni ham kam bo'lsa, jon boshiga YalM ko'p bo'lishi mumkin.Jon boshiga hisoblangan real YalM bu iqtisodiyot ehtiyojini qondirishga naqadar qodir ekanligini bildiradi. Buni aniqlash uchun YalM hajmi aholi soniga bo'linadi. YalM hajmi ko'p boigani bilan, agar aholi ham ko'p bo'lsa jon boshiga YalM kam bo'ladi. YalM hajmi kichik bo'lgani holda aholi soni ham kam bo'lsa, jon boshiga YalM ko'p bo'lishi mumkin.Ma'lumotlar iqtisodiy o'sish notekis borishini ko'rsatsada. Agar ilgarilari Angliya eng ilg'or mamlakat bo'lsa, keyinchalik uning o'rnini Yaponiya, AQSH va Kanada egalladi. Xitoy va Hindiston ilgari orqada qolgani holda keyingi paytda jadal o'sa boshladi. Masalan, 2021—2022-yillarda Hindistondagi iqtisodiy o'sish yiliga 8% ni tashkil etdi. Xitoy har 10 yilda YalMning 2 barobar ko'payishiga erishdi. Shunday vazifani o'z oldiga Rossiya ham qo'ygan.Ma'lumotlar iqtisodiy o'sish notekis borishini ko'rsatsada. Agar ilgarilari Angliya eng ilg'or mamlakat bo'lsa, keyinchalik uning o'rnini Yaponiya, AQSH va Kanada egalladi. Xitoy va Hindiston ilgari orqada qolgani holda keyingi paytda jadal o'sa boshladi. Masalan, 2021—2022-yillarda Hindistondagi iqtisodiy o'sish yiliga 8% ni tashkil etdi. Xitoy har 10 yilda YalMning 2 barobar ko'payishiga erishdi. Shunday vazifani o'z oldiga Rossiya ham qo'ygan.Bu shundan darak beradiki, ilg'or mamlakatlar abadul-abad oldinda borib, boshqalar orqada sudralib qolmaydi. Buni hozirgi iqtisodiy o'sish ham tasdiqlaydi. Osiyo arslonlari hisoblangan Koreya Respublikasi, Malayziya, Tayvan kabi mamlakatlar jadal rivojlanib, qoloqlikdan chiqa oldilar. Yevropada Norvegiya va Finlyandiya ham ilg'orlar safiga qo'shildi. Ulardagi YalM o'sishi dunyoning o'rtacha sur'atidan ancha oshib ketdi. Iqtisodiy o'sish omillariIqtisodiy o'sish ishlab chiqarishning rivojlanishi bo'lar ekan, bunga ta'sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omilla-ridan boshqa narsa bo'lishi mumkin emas. Shu sababli bu resurslarning miqdori, sifati va ularning naqadar samarali ishlatilishiga bog'liq bo'ladi, chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi.Resurslar ko'payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko'proq yaratiladi. Masalan, yangi yerlar ochilsa, yangi konlar, suv manbalari ishga tushirilsa, mashina-uskunalar va ishlovchilar soni ko'paytirilsa, shubhasiz ishlab chiqarish o'sadi. Bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariIqtisodiy o'sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo'ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o'sish YalM ko'payishini anglatadi. YalM esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati. Agar ular sotilmasa bozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi.Resurslar kamyob bo'lganidan, ulardan samarali foydalanish iqtisodiy o'sishning asosiy shartiga aylanadi, biroq tabiiy resurslarning oz yoki ko'pligi ham o'z ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Shu sababli Quvayt, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning iqtisodiy o'sishi, ular yerining neftga boyligi bilan izohlanadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling