Iqtisodiy o`sish


Download 27.85 Kb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1186264
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTISODIY O`SISH


IQTISODIY O`SISH Reja :



  1. Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi.

  2. Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari

  3. Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari.

  4. R.Solouning neoklassik modeli.

Xulosa


  1. Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi.

Yalpi talab-Yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari Yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun Yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur. 
“Agar iqtisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok Yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iqtisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”*
Iqtisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o`sish nafakat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iqtisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o`sish real YAIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi.
Iqtisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YAIM o`rniga SIM, YAMD, SMD ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iktismodiy o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga boglik deb karaladi.
Iste`mol xajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi.
Iqtisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi..
Xar bir mamlakat iqtisodiy o`sishga intiladi, chunki iqtisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi.

Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling