Iqtisodiy o`sish


Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha: Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K


Download 27.85 Kb.
bet6/6
Sana10.02.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1186264
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTISODIY O`SISH

Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda Yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. 
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari xam iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan maxsulot ishlabchikarish xajmi kapital bilan kurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi.
Kapital bilan kurollanganlik darajasining o`sishi esa jamgarish normasiga boglik. Jamgarish normasining o`sishi, kapital bilan kurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chikarishning yuksalishiga olib keladi.
Ammo kapital jamgarish normasi yukori bo`lmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining o`sishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi o`zgarmasdan kolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Soluning fikriga ko`ra , barkaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Axoli sonining tez o`sishi iqtisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barkaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chikarish kamayadi. O`z navbatida, jamgarish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan kurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barkaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababli barkaror xolatdagi iqtisodiy o`sishning yagona sharti texnik tarakkiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi.
Model asosida jamgarishning ”oltin koidasi” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” moxiyati shundaki jamgarishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o`sishni ta`minlaydi.
R.Solou modeli iqtisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik tarakkiyotning o`zaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o`sishga jamgarish normasi xamda texnik tarakkiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.
Xozirgi zamon iqtisodiyotini taxlil kilishda yangi paydo bo`lgan iqtisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iqtisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chikadi.

Xulosa
Iqtisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. U o`sish ishlab chikarish natijalari va omillarida ro`y beradigan mikdor va sifat o`zgarishlarini xarakterlaydi.
Iqtisodiy o`sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ni o`sish sur`ati bilan o`lchanadi.
Iqtisodiy o`sish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi.
Iqtisodiy o`sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko`ra iqtisodiy o`sish ekstensiv va intensiv turlarga bo`linadi. Ishlab chikarish resurslar mikdorini o`zgartirmagan xolda o`ssa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi.
Iqtisodiy o`sish modellari deganda iqtisodiy o`sishni taxlil kilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniklash va konuniyatlarini ochib berishga xizmat kiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o`sishning asosiy omil investitsiyalar deb karaladi. Jamgarish normasini ko`tarish orkali investitsiyalarni ko`paytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy o`sish shartlari deb karaladi.
Klassik modellarda iqtisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillariga boglik, mexnat va kapital o`zaro almashiniladi deb karaladi. SHunga ko`ra kapitalning ma`lum darajasida mexnatning kapital bilan kurollanganlik darajasi, o`z navbatida ishlab chikarish xajmi xam turlicha bo`ladi.

Adabiyotlar

1.Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.


i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 240-262 s.s.
2 Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiqtisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 145-156 b.b.
3. Ivashkovkiy S.N. Makroekonomika: Uchebnik.-2-e izd., dop.- M.: Delo, 2002, 363-418 s.s.
4.. Tarasevich L.S., Grebnikov P.I., Leusskiy A.I. Makroekonomika: 
Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling