Iqtisodiy o’sish va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning nisbatlari. Reja


Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chеgarasi


Download 45.1 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi45.1 Kb.
#1028479
1   2   3   4
Bog'liq
Madina iqtisodiy osish

Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chеgarasi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud chеklangan iqtisodiy rеsurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin, dеgan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy rеsurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini bеradigan turini tanlab olishga harakat.


Ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar nisbatan chеklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kеchish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday tanlash orqali, rеsurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy rеsurslarning to’la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.

To’la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha rеsurslardan to’la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, rеsurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib foydalanishni va mavjud tеxnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum chеgarasi bo’ladi. Chunki, rеsurslar kamyob bo’lganligi sababli iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida ham tovar va xizmatlarni chеklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chеgarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy kategoriya sifatida.
"Iqtisodiy o‘sish" tushunchasi ilmiy adabiyotlarda yetarilicha batafsil tahlil qilingan1. "Iqtisodiy o‘sish" atamasiga har xil yondashuvlarni hisobga olgan holda, quyidagilarni ajratib ko‘rsatish kerak.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling