Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?
Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish turlari uchramaydi?
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.
Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko‘rsating.
Milliy boylik tarkibida moddiy–buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi?
Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?
Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |