2. Iqtisodiy o‘sishning omillari
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:
,
bu yerda:
Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.
Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o‘sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |