Iqtisodiy o‘sish va milliy boYlik
-jadval. Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab chiqarishning o‘sishi1
Download 63.94 Kb.
|
IQTISODIY USISH VA MILLIY BOYLIK
1-jadval. Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab chiqarishning o‘sishi1
Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2006 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2006) 2000 yildagi (Y2000)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (2-chizma). Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin. Investitsiya tovarlari 0 Y2000Y2006 Iste’mol tovarlari Download 63.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling