Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet3/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

5- kazus

Olmaliq shahar davlat soliq inspektsiyasi iqtisodiy sudga murojaat qilib, «Olmaliq omuxta yem sotish birlashmasi» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Oʼzbekistan Respublikasi Soliq kodeksiga asosan moliyaviy sanksiya qoʼllashni soʼragan.


Mazkur iqtisodiy ishdagi hujjatlarga koʼra, Toshkent viloyat prokuraturasining 60/11-49-sonli jinoyat ishi boʼyicha «Hujjatli taftish tayinlash haqida» 2019-yil 17-fevraldagi qarori, Toshkent viloyat davlat soliq boshqarmasining 2019-yil 27-fevraldagi B-60XS-sonli, 2019-yil 20-apreldagi B-396-sonli, 23-maydagi B-142-sonli buyruqlariga asosan jamiyatning soliq qonunchiligiga rioya qilishi yuzasidan tekshirish oʼtkazilgan. Tekshirishda jamiyat tomonidan 2017-2018 yillar davomida mahsulot sotishdan tushgan 51 673 900 soʼm naqd savdo tushumi bankka topshirilmasdan yashirilganligi va 2018-yil davomida mahsulot sotishdan tushgan 3600900 soʼm nakd pullarning nazorat-kassa mashinasiga kirim qilinmaganligi holatlari aniqlangan. Maʼlum boʼlishicha, 2019-yil 28-yanvar kuni jamiyatga qarashli 4-son savdo shaxobchasi sotuvchisi xaridorga 100750 soʼmlik xarid uchun nazorat-kassa mashinasi kvitantsiyasi yoki unga tenglashtirilgan chek bermagan. Natijada Olmaliq shahar davlat soliq inspektsiyasining 2019-yil 16-fevraldagi qarori bilan jamiyatga Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan moliyaviy jarima qoʼllanilgan.
Olmaliq shahar davlat soliq inspektsiyasining moliyaviy jarimani ixtiyoriy toʼlash haqidagi qarori jamiyat tomonidan bajarilmagach, arizachi asosli ravishda Soliq kodeksiga asosan moliyaviy sanktsiya qoʼllashni soʼragan. Jamiyat tomonidan 51 673 900 soʼm tushum yashirilganligi holati jinoyat ishlari boʼyicha Toshkent viloyat sudining 2018-yil 16-avgustdagi hukmi bilan isbotlangan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan.

6- kazus
Аrizachi Bektemir tuman Davlat soliq inspektsiyasi qarzdor “Asr” OАJning mol mulkidan 9.222.681,38 soʼm muddati oʼtgan soliq qarzini undirib olish uchun iqtisodiy sudiga sud boʼyrugʼini berish toʼgʼrisidagi 21.08.2020 ariza bilan murojaat kilgan.
Аmmo, qarzdordan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga 18.08.2020 yilda ariza kelib tushib, unga koʼra qarzdor 30.06.2020 yilda qarz summasining 3 000 000 soʼmini toʼlanganligini bildirgan, toʼlovni tasdiqlovchi hujjatni nusxasini ilova qilgan va kreditorga sud buyrugʼi berishni rad etishni soʼragan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling