Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet1/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH



IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI
YAKUNIY NAZORAT
1-kazus
Fargʼona shahar Аrxitektura va qurilish boshqarmasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Fargʼona viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi»dan (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) 6409380 soʼm asosiy qarz, 961407 soʼm jarima, 384563 soʼm yetkazilgan zarar, jami 7755350 soʼm undirishni soʼragan.
Sudning 2019 yil 9 oktyabrdagi ajrimi bilan Fargʼona viloyat Gʼaznachilik boshqarmasi nizoning predmetiga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Birinchi instantsiya sudining 2015 yil 27 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan daʼvogar foydasiga 6409380 soʼm asosiy qarz undirilgan. Daʼvo talablarining qolgan qismi rad etilgan.
Javobgar apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, unda daʼvogar bilan shartnoma tuzilmaganligi, mazkur holatda taraflar oʼrtasida tuzilgan shartnoma Gʼaznachilik boshqarmasidan roʼyxatdan oʼtkazilishi va shundan soʼnggina moliya boshqarmasi tomonidan mablagʼ ajratilishi belgilanganidan kelib chiqib, ushbu daʼvoda koʼrsatilgan ishlar uchun pul mablagʼi ajratilmaganligi sababli, hal qiluv qarorini bekor qilishni soʼragan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, javobgar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 noyabrdagi PQ-1641-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida 2014 yil Fargʼona shahrida qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi va kapital taʼmirlanishi rejalashtirilayotgan obʼektlar uchun Аrxitektura-rejalashtirish topshiriqnomalari hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam berishni soʼrab daʼvogarga xat orqali murojaat qilgan.
Daʼvogar tomonidan bajarilgan ishlar javobgar vakiliga tilxat orqali topshirilgan.
2013 yilda 11 ta, 2014 yilda 5 ta, 2015 yilda 5 ta jami 20 ta obʼektlarga tayyorlangan Аrxitektura-rejalashtirish topshiriqnomalari hujjatlari tayyorlash xizmatlari uchun javobgar tomonidan daʼvogarga haq toʼlanmagan.
Daʼvogarning bergan talabnomalari javobgar tomonidan eʼtiborsiz qoldirilganligi uchun, daʼvogar tumanlaro iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Birinchi instantsiya sudi daʼvogarning daʼvo talablarini qisman qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan.

2-kazus
Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Аndijon viloyat hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda Palata deb yuritiladi) «OʼzАndtransport» MChJ manfaatida (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) Аndijon viloyatining tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Bino yoʼl umumqurilish» MChJdan (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) 159 815 355 soʼm asosiy qarz va 25 096 020 soʼm penya undirishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 159 815 355 soʼm asosiy qarz va 12 548 010 soʼm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Javobgarning kassatsiya shikoyatida taraflar oʼrtasida bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuzilmaganligi va masʼul shaxslar tomonidan imzolanmaganligi, transport vositalarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuzilmaganligi holatiga sudlar tomonidan eʼtibor berilmaganligi bayon qilinib, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni rad qilish haqida yangi qaror qabul qilish soʼralgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 535-moddasiga koʼra, mulk ijarasi shartnomasi boʼyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ishdagi hujjatlardan koʼrinishicha, daʼvogar va javobgar oʼrtasida 2015 yil b mayda ijara shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan, daʼvogar oʼziga tegishli boʼlgan ekskavator, avtogreyder, avtokran, vodovoz, samosval, mexanizm va texnikalarini (bundan buyon matnda transport vositalari deb yuritiladi) javobgarga foydalanish uchun ijaraga berish, javobgar esa transport vositalaridan foydalangani uchun 31 000 000 soʼm ijara haqi toʼlash majburiyatini olgan.
Shartnomaning 2.3-bandiga asosan, javobgar oldindan shartnoma qiymatining 15 foizi miqdorida, yaʼni 19650000 soʼm toʼlovlarni amalga oshirish, 3.2-bandiga asosan, daʼvogar transport vositalarini javobgarga tegishli hujjatlar bilan topshirish majburiyatini olgan.
Shartnomaga asosan, daʼvogar majburiyatlarini bajarib, 2015 yil 10 maydagi topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan 6 turdagi transport vositalarini javobgarga topshirgan.
Biroq, javobgar tomonidan 8500000 soʼm toʼlov amalga oshirilgan, qolgan 159 815 355 soʼm ijara haqi toʼlanmagan.
Shu sababli, Palata daʼvogar manfaatida tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 159 815 355 soʼm asosiy qarz va toʼlov muddati kechiktirilgan kunlar uchun 25 096 020 soʼm penya undirishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudi javobgardan daʼvogar foydasiga 159 815 355 soʼm asosiy qarzni undirish va penya miqdorini FKning 326-moddasiga asosan 12 548 010 soʼmga kamaytirish haqida xulosaga kelgan.


Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling