Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet2/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

3- KAZUS
Da'vogar “FARM” MCHJ 2021-yil 12-aprelda iqtisodiy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “BIOMED” MCHJ dan 10 000 000 so'm asosiy qarz, 6 000 000 so'm penya va 2 000 000 so'm jarima undirishni so'ragan. Da'vo arizaga taraflarning ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish to'g'risidagi iltimosnomasi ham ilova qilingan.
2021-yil 20 aprelda iqtisodiy sud tomonidan da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va iqtisodiy ishni qo'zg'atish to'g'risida ajrim chiqarilib, ushbu ajrim bilan da'voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasa ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish mumkinligi asos qilinib taraflarning iltimosnomasi rad qilingan.
Taraflar o'rtasida 2019-yil 30-yanvarda 300819/1-sonli shartnoma tuzilgan bo'lib, unga ko'ra, da'vogar javobgarga dori-darmon vositalarini yetkazib berish, o'z navbatida javobgar mahsulotni qabul qilib olishi va shartnomada belgilangan muddatda va tartibda to'lovni amalga oshirish majburiyatini olgan.
2021-yil 30-mayda sud muhokamasida aniqlangan ish holatlariga ko'ra, shartnoma shartlariga asosan da'vogar o'z majburiyatini bajarib, javobgarga 2020-yildagi 30 martdagi 2031-sonli hisobvaraq-fakturaga asosan jami 10 000 000 so'mlik mahsulotni yetkazib bergan. Biroq, javobgar shartnoma bo'yicha yetkazib berilgan tovar uchun da'vogarga to'lovlarni to'liq amalga oshirmagan.
Qarzdorlikni to'lashni talab qilib da'vogar tomonidan javobgarga yuborilgan 2021-yil 10 yanvardagi 255-sonli va 15.02.2022-yil 15 fevraldadagi 274-sonli talabnomalar e'tiborsiz qoldirilgan.
Sud muhokamasida javobgar tomonidan 10 000 000 so'm asosiy qarz to'langanligini tasdiqlovchi bank ma'lumotnomasi sudga taqdim etilgan.

4- kazus
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi iqtisodiy sudga murojaat qilib, “Nurbuloq maʼdanli suv bilan davolash” xususiy shifoxonasiga Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan 2014-yil 6-dekabrda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 4029-TIB-sonli litsenziyaning amal qilishini tugatishni soʼragan. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi arizasi sudga 2018-yil 22-avgust kuni kirim qilingan boʼlsada, ushbu arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʼgʼrisidagi ajrim 2018-yilning 02-sentyabr kuni chiqarilib, ishni koʼrish 20 sentyabrga tayinlangan. Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan shifoxonaga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2014-yil
6-dekabrda 4029-TIB-sonli (seriyasi А №001255) litsenziya berilgan boʼlib, ushbu litsenziyaga asosan shifoxonaga ambulator va statsionar sharoitda fizioterapiya boʼyicha davolashga ruxsat etilgan.
Ushbu litsenziyaga asosan Sogʼliqni saqlash vazirligi va shifoxona oʼrtasida 2015-yil 22- fevralda 1577-sonli litsenziya shartnomasi tuzilgan boʼlib, ushbu shartnomaning 2.1-bandiga koʼra, shifoxona tibbiy faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga rioya qilgan holda amalga oshirishi koʼrsatilgan, shartnomaning 2.2-bandida tibbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari nimalardan iboratligi belgilangan. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2018-yil 19-iyuldagi 06-10432-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Sogʼliqni saqlash vazirligining 2018-yil 20-iyuldagi 220-sonli buyrugʼiga asosan Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq koʼrgʼonida joylashgan shifoxonada 2018-yil 25-iyul kuni litsenziya shartnomasi talablari va shartlarining bajarilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish oʼtkazilgan. Tekshirishda Sogʼliqni saqlash vazirligi va shifoxona oʼrtasida 2015-yil 22-fevralda tuzilgan 1577-sonli litsenziya shartnomasining shartlari qoʼpol ravishda buzilgani aniqlangan.
Litsenziya shartnomasida shifoxonaga laboratoriya tashkil etishga ruxsat berilmagan boʼlsa-da, javobgar tomonidan ushbu faoliyat turi bilan shugʼullanilgan.


Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling