Iqtisodiy qonunlar
Download 17.89 Kb.
|
#2.3 atamalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY KATEGORIYALAR
- Ehtiyojlarning o ‘sib
- Ishchi kuchi
Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i.ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol munosabatlarini boshqarib turuvchi obyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i.ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. I.q. i.ch. munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. I.q. doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, I.q. ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. I.q.ning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obyektiv shartsharoitlariga, vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik. I.q. obyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab I.q. 3 guruhga ajratiladi:Umumiy I. q. — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy I. q.— insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qrnuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus I. q. — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni. IQTISODIY KATEGORIYALAR – jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Kategoriyalar ilmiy fikrlash mahsuli bo’lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi. Kategoriyalarni uch guruhga bo’lish mumkin. 1. Umumiqtisodiy kategoriyalar-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos bo’lgan ishlab chiqarish, mulk, ish vaqti, mehnat taqsimoti, jamg’arish, ehtiyoj kabi tushunchalar. USLUBIYAT — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning tamoyillari, qonun-qoidalari, hodisalari tizimidir. Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Iqtisodiy resurslar - ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish uchun ishlatiladi tabiiy va inson quvvatlarini, barcha turlari. Zamonaviy ishlab chiqarish mahsulotlari va xizmatlari - ko'p turli mahsulotlar yaratadi. Shuning uchun, ishlatiladigan resurslar miqdori ishlab chiqarish hajmi kabi katta bo'lishi kerak. Aslida, shuningdek, deyiladi iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish omillarini boshqa tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, „uy“) + νόμος (nomos, „odat“ yoki „qonun“), demak „uy (xoʻjaligi)ni yuritish qoidalari“ yigʻindisi οἰκονομία (oikonomia, „uy xoʻjaligini boshqarish“) soʻzidan olingan. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni – Jamiyat ehtiyojlarining mikdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishini bildiradi. Ehtiyojlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra – ishlab chiqarish va iste'mol ehtiyojlariga, qondirilishining dolzarbligiga ko‘ra – birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarga ajratib o‘rganiladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishini taqozo qiluvchi omillar: ● Aholining tabiiy o‘sishi - buning natijasida ehtiyojlar mikdoran ortib boradi; ● Fan-texnika taraqqiyoti va reklama. ... Extiyojlarga xos bulgan muhim xususiyat — turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishidir. Ilmiy abstraksiya – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqyea – hodisalarni e'tibordan chetlashtirib, asosiy o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir. Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta'siri. Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya'ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi. Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemischa: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari - odamlar moddiy boyliklar yaratishda, mehnat predmetlariga, obʼyektlariga taʼsir koʻrsatishda qoʻllaydigan asbob-uskunalar; ular ish qurollari, mashinalar, stanoklar, mexanizmlar va boshqalardan tar kib topadi. Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling