Iqtisodiy rayonlashtirish nuqtai nazaridan ixtisoslashuv darajasini aniqlash


Download 14.66 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi14.66 Kb.
#186404
Bog'liq
amaliy

Iqtisodiy rayonlashtirish nuqtai nazaridan ixtisoslashuv darajasini aniqlash

Iqtisodiy rayonlar uchun butun mamlakat miqyosida ixtisoslashuv o’ziga xos bo’lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari bo’lishi mumkin. Mamlakat miqyosida rayonning ma’lum bir tarmoqqa ixtisoslashgan yo ixtisoslashmaganligini quyidagi formula orqali topiladi:

𝑀

𝐾 = 𝐴



Bu yerda, K= rayonning biror tarmoqqa ixtisoslashish ko’rsatkichi;

M= rayon mahsulotining shu tarmoq bo’yicha mamlakatdagi xissasi; A= rayon aholisining mamlakat aholi sonidagi ulushi.



Ishni bajarish davomida natija 1 dan katta chiqsa, ushbu rayon berilgan tarmoqqa ixtisoslashgan bo’ladi.

195. Farg’ona iqtisodiy rayonida mamlakat aholisining 28,5% i yashagani holda, iqtisodiy rayon pillaning 45% ini yetkazib bersa, ixtisoslashish koeffitsiyentini aniqlang.

196. Farg’ona iqtisodiy rayoni mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning 25 % ini yetkazib beradi. Rayonga mamlakat aholisining 28,5 % i to’g’ri kelsa, paxtachilikka ixtisoslashish darajasi qanday bo’ladi?

197. Farg’ona viloyatida mamlakat aholisining deyarli 11 foizi istiqomat qiladi. Agar viloyatga mamlakatdagi yetishtiriladigan pillaning 20 foizi to’g’ri kelsa, pillachilikka ixtisoslashuv darajasi qanday bo’ladi?



198. Janubiy Amerika materigining aholisi 2016-yil bo’yicha, 419 mln kishini tashkil etib, mazkur hududda jahon aholisining 5,66 foizi istiqomat qilmoqda. Agar mintaqaning donchilikka ixtisoslashuvi deyarli 1,5 ni tashkil etsa, jahon bo’yicha yetishtirilayotgan don mahsulotlarida Janubiy Amerikaning ulushini toping.
Download 14.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling