Iqtisodiy rivojlanish va inflyatsiyaga Pul emmissiyasi va tashqi qarzning ta'siri
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
pul emissiyasi va tashqi qarz
Valyuta
interventsiyasi –bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog’liq operatsiyasidir. Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs bozori, tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarining eng yuqori darajasini belgilaydi. Shuningdek, tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni aniqlab beradi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pul tizimi va uning elementlarini rivojlanish, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi. Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Muomalaga qo’shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday xolatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo’ladi. Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo’lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu o’z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi. Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlashining asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak – kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular yuqorida ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy manfaatdorlik (foyda)ni foiz ko‘rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kredit munosabatlarida kreditor uchun kredit oluvchi shaxsning qanday shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi judayam muhim emas, asosiysi berilgan kredit o‘z vaqtida va tegishli foiz to‘lovi bilan to‘liq qaytishi muhim hisoblanadi. Qarz munosabatlarida esa qarz beruvchi uchun birlamchi masala shaxs hisoblansa, berilayotgan qarz summasi uchun tegishli manfaatdorlikni ustama to‘lov sifatida olishga umid bog‘lamaydi, ya’ni ko‘pchilik hollarda berilgan qarz uchun qo‘shimcha haq talab etilmaydi. Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi, tovar – pul munosabatlarining mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davriyligi, o‘zaro iqtisodiy manfaatlarning bir – biriga mos kelishi kreditning zarurligiga zamin yaratuvchi asosiy omillar bo‘lib qolaveradi. Kredit munosabatlari jarayonida ishtirok etuvchilar, mavjud ijtimoiy – iqtisodiy holat esa uning mohiyatini u yoki bu darajada yoki ko‘rinishda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Savdo balansining manfiy qoldigʼi tashqi qarzlar jalb qilinishining ortishi hamda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali kelib tushadigan mablagʼlar evaziga qoplanadi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan Oʼzbekiston suveren reytingi baholanishi mamlakat bilan bogʼliq xatarlarni muqobillashtirish orqali iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirishga va mamlakatga kirib kelayotgan oʼrta va uzoq muddatli investitsiyalar hamda kredit kanallari kengayishiga xizmat qiladi. Bu, oʼz navbatida, mamlakatga xorijiy kapital oqimlarining koʼpayishi va ularning narxi pasayishi natijasida iqtisodiyotdagi yalpi talabga boʼlgan inflyatsion bosim kuchayishiga hamda tashqi qarz ortib borishiga olib kelishi mumkin. Biroq ushbu resurslarning maqsadli va samarali oʼzlashtirilishi kelgusida iqtisodiy oʼsishni jadallashtirishga yordam beradi. Oʼz navbatida, mazkur holatning ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga hamda milliy valyuta almashuv kursiga taʼsirini baholash qiyin boʼladi. Chunki xalqaro moliya muassasalaridan jalb qilinayotgan kreditlar, investitsiyalar va tashqi qarzlar boʼyicha valyuta oqimlari va ularning ichki valyuta bozorida ishlatilish muddatlari hamda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga boʼlgan talabning shakllanishi davrlaridagi nomutanosibliklar almashuv kursining turli yoʼnalishda tebranishlariga olib kelishi mumkin Bajardi: Omonov Sardorbek Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling