Iqtisodiy rivojlanish va inflyatsiyaga Pul emmissiyasi va tashqi qarzning ta'siri


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1001142
  1   2   3
Bog'liq
pul emissiyasi va tashqi qarz



Iqtisodiy rivojlanish va inflyatsiyaga Pul emmissiyasi va 
tashqi qarzning ta'siri. 
 
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul 
massasining hajmini oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish 
esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat 
banklari tomonidan amalga oshiradi. 
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y 
berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar 
davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul 
emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning 
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi. 
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega 
bo‘lmagan, o‘rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda 
tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi. 
Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va 
ularning ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy 
valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda 
amalga oshiradi. Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish
muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini 
Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari 
Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar 
qimmatliklar bilan ta’minlanadi. 
Pul muomalasini tartibga solishning usullari.Mamlakatda pul 
muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlashdan iborat. Markaziy bank pul muomalasini 
tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar 
siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, 
depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank 
ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi 
o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad 
mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling