BEVOSITA TA’SIR QILISH USULI Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlami o‘z ichiga oladi. BILVOSITA TA’SIR QILISH USULI Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositaarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - hisob stavkasini tartibga solish; - moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o‘matish va o‘zgartirish; - davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ulami sotish va to‘lash) I Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin: - davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi; - ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolami davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlami ta’minlash; - investitsiya jarayoni va iqtisodiy о‘sishni davlat tomonidan tartibga solish; - ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish; - qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasida quyidagicha belgilab berildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |