Iqtisodiy samaradorlik kirish Asosiy qism


Download 69.5 Kb.
bet1/12
Sana14.07.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1660309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
FFFFFFFF1

IQTISODIY SAMARADORLIK

Kirish

Asosiy qism

  1. Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi.

  2. Korxonada ishlab chiqarish samaradorligining me’zoni va ko’rsatkichlari.

  3. Iqtisodiy samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar






KIRISH
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo’lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Prezidentimiz jahon moliyaviy inqirozi ro’y bergan dastlabki palladayoq uning ta’sir darajasi, ko’lami va keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlariga yetarli baho berib, ―jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora- tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq‖1, deb xulosa chiqargan edi. Bunday haqqoniy xulosalar asosida O’zbekistonda 2008 yilning o’zida Inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilib, unda belgilangan tadbirlarni izchil ravishda amalga oshirishga kirishildi.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishda ishlab chiqarish korxonalari samaradorligiga bevosita bog’liqdir.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling