Iqtisodiy samaradorlik kirish Asosiy qism
Asosiy qism Samaradorlikning
Download 69.5 Kb.
|
FFFFFFFF1
Asosiy qism
Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi. Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatniig iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi. Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi. O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Shu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. SHuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi. Mustakillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa ko’ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil- mikdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi. O’zbekiston korxonaida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda. Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchapardan biri bo’lib, iktisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar. "Samaradorlik" so’zi ―natija degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y beraetgan ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iktisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib berilgan. Samaradorlik — bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalar bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir. Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iktisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda, bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniklanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. S = natija / xarajatlar = natija / mehnat,moddiy va moliyaviy resurslar Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradordigini farklaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin. Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sun’iy bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo’lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. CHunki amalga oshirilgan har bir ishni ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling