Iqtisodiy siyosat


Download 86.67 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi86.67 Kb.
#1415414
  1   2
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“IQTISODIY SIYOSAT” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Xitoy Iqtisodiyoti.


Qabul qildi: Zokirjonov M. R.


Bajardi: 94-2/22 BIA. Abdullayev Sh.
Eshonqulov Jaxongir.

Toshkent - 2023



Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rgandi.
Xitoydagi maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni imtiyozlar orqali jalb qilib, “iqtisodiy o‘sish” o‘choqlarini barpo qilish uchun mo‘ljallangan.
Xitoy maxsus iqtisodiy zonalarida YIMning 22 foizi yaratiladi. Mamlakatga kirib kelayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 45 foizi va eksportning 60 foizi aynan maxsus iqtisodiy zonalarning ulushiga to‘g‘ri keladi.
Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalar dastlab Tinch okeanining sohilbo‘yi hududlarida, so‘ngra Yanszi va Xuanxe kabi daryolarning havzalari yaqinida rivojlantirila boshlandi va dunyo iqtisodiyoti tarixiga “T — shaklidagi strategiya” nomi bilan kirdi. 
Ushbu strategiyaning amalga oshirilishi natijasida 2035-yilga borib, YIM ning aholi jon boshiga ulushini 30 ming dollariga yetkazish mo‘ljallangan. 
Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 30 yil ichida tashqi savdo aylanmasi qariyb 100 barobarga ko‘paygan. 
So‘nggi yillarda Xitoy Markaziy Osiyoning beshta davlati uchun savdo-iqtisodiy jihatdan eng muhim hamkorlardan biriga aylangan. 
Xitoyning Markaziy Osiyoga kiritgan jami sarmoyasi 2020-yil oxirida 40 milliard dollarga baholangan. Ularning yarmidan ko‘pi Qozog‘istonga yo‘naltirilgan. 
O‘zbekistonga Pekindan 2018-yildan boshlab investitsiyalar keskin oshgan. Umumiy ko‘rsatkich esa 2021-yil oxiriga kelib 9 milliard dollarga yetgan. 2019-yilda Xitoy Qirg‘izistonga jami 301 million dollar sarmoya kiritgan.
2022-yilda O‘zbekistonda 9,8 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilgan. Bu borada Xitoy Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan — 1,5 mlrd dollar. 
2019—2022-yillar davomida Xitoyning mamlakatga eng katta investitsiyalari sement sektoriga kiritilgan. Toshkent va Jizzax viloyatlarida qiymati 150 million dollardan ortiq bo‘lgan ko‘plab zavod loyihalari shular jumlasidandir. 
Shuningdek, Qirg‘izistonga kiritilayotgan global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning deyarli 50 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. 
Energetika sohasidagi hamkorlik ham Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarning muhim elementi hisoblanadi. 
Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon Xitoy—Markaziy Osiyo gaz quvuri, Xitoy—Qozog‘iston neft quvuri va Galkinish (Turkmaniston) gaz koni kabi qator yirik loyihalar birgalikda amalga oshirildi. 
Xitoy aynan Turkmanistondagi yirik energetika loyihalariga katta miqdorda investitsiya kiritadi. 

2018-yilda Xitoyda iqtisodiy o‘sishi sur’at 6,7 foizni tashkil etadi. Bu joriy yildagi rivojlanish prognozlaridan 0,1 foizga past. Bu haqda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan hisobotda aytilmoqda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, “yaqin kelajakda barcha muhim omillar o‘zgarmasdan barqarorligicha qoladi yoinki kichik pasayishlarni namoyon etadi”.
Prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan hukumat tahlilchilarining fikricha, kelgusi yilda AQSh, Yevroittifoq va boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida pasayish kuzatiladi. Bu esa tashqi bozorlarda Xitoy mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keladi.
2016-yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,7 foizga o‘sdi. Joriy yilda esa hukumat YaIM darajasini 6,5 foizdan past bo‘lmasligini ta’minlash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan. So‘nggi yillarda Xitoyda iqtisodiy o‘sish darajasi pastlayotgani qayd etilmoqda. Jumladan, 2010-yilda bu ko‘rsatkich 10,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib 6,9 foizlik o‘sish qayd etildi.

Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalarning jadal rivojlanishi siri nimada?


1984-yildan dastlab dengiz sohillari yaqinida joylashgan 15 ta shahar hamda 4 ta yirik shaharda, 2020-yildan boshlab esa mamlakatning barcha yirik va o‘rtacha kattalikdagi shaharlarida 15 ta erkin savdo zonasi, 32 ta makroiqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi, 53 ta yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish zonasi tashkil etildi. 
Natijada bu maxsus iqtisodiy zonalari iqtisodiy rivojlanish sur’atini tezlashtiruvchi “akselerator” rolini o‘ynay boshladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalarning jadal rivojlanishiga quyidagi omillar turtki bo‘lgani aniqlandi:
Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasiga Markaziy hukumatning roziligisiz infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mustaqil qarorlarni qabul qilishga ruxsat berildi.
Bu yerdagi korxonalar o‘zlarining investitsiya, innovatsiya, ishlab chiqarish va marketing qarorlarining katta qismini mustaqil qabul qiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarga xorijiy investitsiyalar uchun maxsus soliq imtiyozlari berilgan va ularning mahsulotlari asosan eksportga yo‘naltirilgan.
Maxsus iqtisodiy zonalarda iqtisodiy faoliyat asosan bozor tamoyillari asosida boshqariladi va ularga xalqaro savdoda katta mustaqillik berilgan.
2019—2020-yillarda Xitoyda 24 ta yangi transchegaraviy elektron-tijorat zonalari (New Cross-Border E-Commerce Zones) ochildi. 
Xitoydagi maxsus iqtisodiy zonalar asosan yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
Ushbu omillarni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda mahalliy hokimiyat organlariga savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va infratuzilma masalalari bo‘yicha mustaqil qarorlarni qabul qilish vakolatini, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarini berish hamda hududlararo tizimli joylashtirish kabi jihatlariga e’tibor qaratishni tavsiya etish mumkin.
Koronavirus pandemiyasiga qaramay, Xitoy iqtisodiyoti barqaror o’sishda davom etmoqda. 5-mart kuni mamlakat qonunchilik organi yillik yig’inini boshlar ekan, Xitoy iqtisodiyoti uchun navbatdagi ulkan rejalar e’lon qilinishi kutilyapti. Pekinda bo’ladigan Milliy xalq vakillari kongressi sessiyasida minglab delegatlar ishtirok etadi.
Koronavirus o’chog’i hisoblangan Xitoy 2020-yil dunyoda iqtisodiy o’sishni qayd etgan yagona yirik mamlakat hisoblanadi. O’tgan yili AQSh iqtisodiyoti 3,5 foizga qisqargan bo’lsa, Xitoyniki 2,3 foizga o’sgan.
Ko’plab davlatlar pandemiyadan avvalgi holatga qaytish uchun 2-3 yil vaqt sarflashi kutilyapti; Xitoy bu natijaga bir chorakning o’zida erishdi, deydi “Fitch Ratings” kompaniyasi tahlilchisi Anvita Basu.
Xitoy Xalq vakillari kongressi, odatda, Kommunistik partiya olg’a suradigan rejalarni tasdiqlab berish uchun yig’iladi. Sessiyalarda jiddiy yangilik yuz berishi kutilmasa-da, ulardan mamlakat miqyosida amalga oshirayotgan ishlar va siyosatdagi o’zgarishlar haqida tushuncha olish mumkin.

Download 86.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling